Maktabda boshlangʻich sinflari fan oyligida faol qatnashgan oʻquvchilar taqdirlandi
Mamlakatimizda taʼlim sifatini yanada oshirish maqsadida koʻpgina islohotlar amalga oshirilmoqda. Maktablarda, ayniqsa, oʻquvchilarning bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida fan oyliklarining yuqori saviyada oʻtkazilishiga juda katta eʼtibor qaratilmoqda. Oʻz navbatida fan oyliklari oʻqituvchi va oʻquvchilarning bilimlarini yanada kengaytirish, oʻz ustida ishlashlariga imkon yaratmoqda.
Tumandagi 26-sonli umutaʼlim maktabida dekabr oyi davomida oʻtkazilgan boshlangʻich sinflari fan oyligi doirasida ham turli tadbirlar tashkillashtirildi. Oylik davomida namunaviy ochiq oʻquv mashgʻulotlar, turli kechalar, yangi yil bezaklari mavzusida rasmlar tanlovi oʻtkazildi. Ularning barchasida oʻqituvchilar va oʻquvchilar faol ishtirok etdilar. Ayniqsa, maktab boshlangʻich sinflari fan oʻqituvchilari Poza Gulmonova, Azamat Shomurodovlar tomonidan oʻtkazilgan namunaviy ochiq oʻquv mashgʻulotlarida oʻquvchilarga mavzu yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda keng tushuntirildi.
Maktabda oylik yakunida katta tadbir tashkil etildi. Tadbirda 1-sinfdan 4-sinfgacha boʻlgan oʻquvchilar qatnashishdi. Unda oʻquvchilar ona yurtimizni madh etuvchi va yangi yilga bagʻishlangan sheʼrlar, maqollar, tez aytishlar, topishmoqlarni ifodali oʻqib berdilar. Quvnoq kuy-qoʻshiqlar, shoʻx raqslar ijro etib, kechaga yanada fayz kiritdilar. Shuningdek, oʻquvchilar tomonidan turli xil ertaklar asosida tayyorlangan sahna koʻrinishlari namoyish etildi.
Tadbirda fan oyligi davomida faol qatnashgan oʻquvchilar maktab maʼmuriyati tamonidan faxriy yorliqlar, sovgʻalar bilan taqdirlandilar.
N.Shukurullayeva, 26-sonli maktabning
boshlangʻich taʼlim uslub birlashmasi rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶