25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 21:43
Jamiyat 👁 535

“E-IJRO AUKSION” elektron auktsionlarida ishtirok etish tartibi tushuntirildi

“E-IJRO AUKSION” elektron auktsionlarida ishtirok etish tartibi tushuntirildi

Yakka tartibda uy-joy qurish uchun olinadigan yer uchastkalari endilikda “E-IJRO AUKSION” elektron auktsionlarida savdoga qoʻyilmoqda. Navbatdagi lavhamiz mazkur yangi tartibni aholi oʻrtasida tushuntirish maqsadida oʻtkazilgan yigʻilish xususida.

Oʻzbekiston Respubli kasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-yanvar kungi “Yer uchastkalari berish va yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilishning zamonaviy va shaffof mexanizmlarini joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq yakka tartibda uy-joy qurish uchun olinadigan yer uchastkalari endilikda “E-IJRO AUKSION” elektron auktsionlarida savdoga qoʻyilmoqda.

9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida tuman aholisiga mazkur qarorda koʻrsatilgan talablar va “E-IJRO AUKSION” elektron auktsionlarida ishtirok etish tartibi boʻyicha batafsil tushuncha berish maqsadida yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishda tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari Jasur Norimov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Yermulkkadastr” davlat korxonasi tuman filiali boshligʻi Shokir Davletov, tuman Adliya boʻlimi boshligʻi Moʻminjon Matyusupov hamda tegishli korxona-tashkilotlar masʼullari, fuqarolar yigʻinlari raislari ishtirok etdilar.

Yigʻilishda Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi qarori haqida batafsil tushunchalar berildi. Masʼullar tomonidan yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish bundan keyin “E-IJRO AUKSION” yagona savdo maydonchasida elektron auktsionlar oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshirilishi, uning tartibi batafsil tushuntirildi. Meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi elektron onlayn-auktsionlarda yer uchastkalari realizatsiya qilinishi mazkur qarorda belgilab qoʻyilgani, yer uchastkalari faqat shaharsozlik hujjatlari, yaʼni aholi punktining bosh rejasi va tegishli qismining batafsil rejasi loyihasi bilan taʼminlangan hududlarda auktsionga qoʻyilishi aytildi.

Shuningdek, yakka tartibda uy-joy qurish uchun 4 sotixgacha boʻlgan va ushbu hajm doirasidagi yer uchastkalari halok boʻlgan harbiy xizmatchilar oilalariga, davlat va xususiy uy-joy fondidagi oʻzlari egallab turgan uy-joyni tuman yoki shahar hokimliklariga oʻtkazayotgan fuqarolar va mulkdorlarga auktsionsiz berilishi tushuntirib oʻtildi.

Tuman Adliya boʻlimi boshligʻi Moʻminjon Matyusupov fuqarolarga bu borada batafsil huquqiy tushunchalar berib oʻtdi. Shuningdek, “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi – elektron onlayn-auktsionlarni tashkil etish va oʻtkazish uchun zarur axborot kiritish, saqlash va qayta ishlash, manfaatdor shaxslarning elektron onlayn-auktsionlar jarayonlaridan bevosita foydalanish imkonini taʼminlaydigan axborot tizimi sifatida tashkil etilganini taʼkidladi.

Undan tashqari, auktsionlar oʻtkazilishi haqidagi xabarnomalar 30 kun oldin “Elektron onlayn-auktsionlarni tashkil etish markazi”ning veb-portalida joylashtirilishi, auktsionda ishtirok etishga buyurtmanomalar xabarnoma joylashtirilgan kundan avtomatik tarzda boshlanishini, bu tizimning shaffof ekani qayd etib oʻtildi.

Yigʻilish davomida  ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar ham berildi.

Shu oʻrinda aytish kerakki, ayni kunlarda ham “E-IJRO AUKSION” yagona savdo maydonchasida Amudaryo tumanining Nazarxon, Amir Temur nomli ovullari hamda Qum yop, Tosh qalʼa va boshqa mahallalaridan yakka tartibda uy-joylar hamda aholiga maishiy xizmat koʻrsatish imoratlari qurish uchun yer maydonlari elektron auktsionlarga qoʻyilgan boʻlib, xohlovchilar unda ishtirok etishlari mumkin.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026