16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 18:21
Jamiyat 👁 649

Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari endilikda “E-IJRO AUKSION” yagona savdo maydonchasida elektron auktsion orqali olinadi

Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari endilikda “E-IJRO AUKSION” yagona savdo maydonchasida elektron auktsion orqali olinadi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shu yilgi 63-son “Yer uchastkalari berish va yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilishning zamonaviy va shaffof mexanizmlarini joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga muvofiq, yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish “E-IJRO AUKSION” yagona savdo maydonchasida elektron auktsionlar oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Yakka tartibda uy-joy qurish uchun 0,04 gektargacha va ushbu hajm doirasidagi yer uchastkalari faqat halok boʻlgan harbiy xizmatchilar oilalariga, davlat va xususiy uy-joy fondidagi oʻzlari egallab turgan uy-joyni tuman hokimliklariga oʻtkazayotgan fuqarolar va mulkdorlarga auktsionsiz beriladi. Yer uchastkasini berish boʻyicha imtiyozlar bir oilaga bir marta beriladi va oilaning boshqa aʼzolariga tatbiq etilmaydi.

Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasini olish uchun tuman hokimligiga ariza beriladi. Shuningdek, auktsion ishtirokchisi bitta yer uchastkasini bir yilda bir marta sotib olish huquqiga ega boʻladi. Auktsionda ishtirok etish uchun zakalat yer uchastkasi minimal qiymatining 50 foizi miqdorida belgilanadi. Agar buyurtmachining shaxsiy hisob raqamidagi mavjud pul mablagʻlari yetarli boʻlmasa, auktsionda ishtirok etish uchun buyurtma qabul qilinmaydi.
Umumiy shartlariga koʻra auktsionlar oʻtkazilishi haqidagi xabarnomalar va lot haqidagi axborot kamida 30 kalendar kun oldin operatorning veb-portalida joylashtiriladi. Boʻsh yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi auktsionga tuman hokimining qarorida koʻrsatilgan yer uchastkasining eng past narxi boʻyicha qoʻyiladi. Elektron auktsion boʻlib oʻtmagan deb tan olinganda, yer uchastkasining eng past narxi boʻyicha takroriy auktsionga qoʻyiladi.

Operator auktsionni tashkil etish xizmatlari uchun tegishli miqdorida haq oladi. Shuningdek, auktsion ikki va undan ortiq ishtirokchi mavjud boʻlganda oʻtkaziladi. Tartibga koʻra, auktsion bir ish kuni mobaynida soat 9:00 dan soat 18:00 gacha boʻlib oʻtadi. Boshlangʻich narx sifatida auktsion obʼektining minimal qiymatiga teng narx belgilanadi.

Auktsionning qadami auktsion obʼekti minimal qiymatining besh foizini tashkil etadi. Shuningdek, ishtirokchilardan lotni boshlangʻich narxdan bitta qadamga oshirilgan narxda sotib olish boʻyicha taklifni tasdiqlashni soʻrashdan boshlanadi. Agar taklif berilgandan keyin oʻn daqiqa davomida auktsion ishtirokchilaridan biri belgilangan qadamga oshirilgan lot narxini tasdiqlasa, keyingi taklifni tasdiqlash uchun vaqt yana oʻn daqiqaga uzaytiriladi. Lekin tasdiqlangan oxirgi taklifdan soʻng, oʻn daqiqa davomida keyingi oshirilgan lot narxi boʻyicha taklif auktsion ishtirokchilarining birontasi tomonidan tasdiqlanmasa, auktsion natijalari haqidagi bayonnomani avtomatik tarzda shakllantirgan holda yakunlanadi. Lot narxi boʻyicha taklifni oxirgi tasdiqlagan ishtirokchi auktsion gʻolibi, deb hisoblanadi.

Auktsion ishtirokchilariga navbatdagi stavkani dastlabki belgilangan qadamning 5, 10 yoki 20 baravari miqdorida mustaqil belgilash imkoniyati beriladi. Agar lot narxini oshirish boʻyicha taklifni oxirgi tasdiqlagan auktsion ishtirokchisi buni elektron onlayn-auktsionni oʻtkazish vaqti yakunlangunga oʻn daqiqadan kam qolganda amalga oshirgan boʻlsa, auktsionni oʻtkazish vaqti oxirgi taklif tasdiqlangan paytdan boshlab, keyingi oʻn daqiqaga uzaytirilishiga imkon beriladi. Bunda elektron onlayn auktsionni oʻtkazish vaqti 3 soatdan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin va auktsion soat 21:00ga qadar yakunlanishi lozim. Lot narxi boʻyicha oxirgi taklifni soat 21:00 ga qadar bildirgan ishtirokchi auktsion gʻolibi hisoblanadi.

Tuman hokimi «E-IJRO AUKSION» orqali bayonnomani olgandan keyin besh ish kuni mobaynida auktsion gʻolibiga yer uchastkasini ajratish haqida qaror qabul qiladi.

A.Kutjanov, tuman Adliya boʻlimi
yetakchi  maslahatchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026