FAN OYLIGI OʻQUVChILARDA YuKSAK ONG ShAKLLANIShIGA XIZMAT QILAYaPTI
Maktab oʻquvchilariga berilayotgan taʼlim mazmunini takomillashtirish, fanlarni oʻqitishda yuqori samaradorlikka erishish maqsadida umumiy oʻrta taʼlim maktablarida fan oyliklari oʻtkazilayapti.
Tumanimizdagi 16-sonli ixtisoslashgan davlat umumtaʼlim maktabida ham fan oyliklari muntazam ravishda oʻtkazib borilmoqda. Oʻtkazilayotgan fan oyliklari maktabda taʼlim-tarbiya jarayonining zamonaviy talablar darajasida boʻlishida, fan oʻqituvchilarining pedagogik mahoratlari oshishida muhim omil boʻlayotir.
Dekabr – odobnoma fan oyligi doirasida maktabning boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Shukurjon Jumaniyozova oʻzining bor bilim va mahoratini ishga solib, oʻquvchilarda yaxshi odob-axloq xulqini shakllantirishga harakat qilayapti.
Shukurjon Jumaniyozova oʻz rejasiga koʻra fan oyligi boshlanishida 2-sinf oʻquvchilari oʻrtasida odob-axloq mavzusida test sinovlarini oʻtkazdi, 10 ta savolni oʻz ichiga olgan ushbu test sinovlarida oʻquvchilar odob va axloq boʻyicha ancha tushunchaga ega ekanliklarini isbotladilar.
Fan oyligining ikkinchi haftasida 2-sinflar oʻquvchilari ishtirokida “Konstitutsiyamiz – baxtimiz qomusi” mavzusida suhbat oʻtkazildi. Ushbu suhbat paytida ham oʻquvchilar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi haqida oʻz bilim va tushunchalarini namoyish etdilar.
Fan oyligining birinchi yarmida ochiq dars, tarbiyaviy soatlar tadbirlarini tashkil etilib, odob-axloq mavzusida sinflararo test sinovlari oʻtkazildi.
Maktabda oʻtkazilayotgan fan oyligi oʻquvchilarda yuksak ong shakllanishiga xizmat qilayapti.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶