28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 08:29
Maqolalar 👁 449

SENI KOʻPLAR YaXShI KOʻRADI, GULOYIM!

SENI KOʻPLAR YaXShI KOʻRADI, GULOYIM!

Insonni mehr ulgʻaytiradi. Hayot sinovlari, mashaqqatlari aro toblanib-toblanib kamolga yetadi. Ulgʻayish yoʻllaridagi sinovlarda kimdir yengiladi, kimdir chidam va bardosh bilan oldinga intiladi, ortga chekinishni, magʻlubiyatni tan olmaydi, yuragida uygʻongan hayotga cheksiz mehr-muhabbati uni qaddini tik tutib yashashga oʻrgatadi. Shuning uchun bunday insonlar oʻzgalar qalbida havas va oʻziga nisbatan mehr uygʻotadilar. Taʼbir joiz boʻlsa, Qipchoq shaharchasidagi 11-umumtaʼlim maktabining oʻzbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Guloyim Begjanova bilan har gal uchrashganimda, yashirmayman, samimiy, butun vujudidan hayotga, atrofidagilarga nisbatan mehr-muhabbat yogʻilib turgan bu insonga qalbimda ham havas, ham hurmat tuygʻularini his etaman. Uning yurish-turishlari, jamoat orasida oʻzini tutishlari, muomalasi-yu kasbiy faoliyati bilan bogʻliq barcha fazilatlari haqiqiy oʻzbek ayoli, oʻzbek onasi, oʻzbek oilasining fidoyi bekasi sifatida taassurot qoldiradi har bir suhbatdoshida.

Guloyimning tarjimaiy holi juda oddiy. Umumtaʼlim maktabida faqat aʼlo baholarga oʻqidi. Tabiatan kitobsevar boʻlgan otasi Safarboy Begjanov qayerga borsa, qizalogʻi uchun kitob sotib olar, Guloyim esa otasi sovgʻa qilgan kitoblarni alohida mehr bilan oʻqir va avaylab-asrardi. Onasi Umida momo aytgan allalar, ertaklar sehrida ulgʻaygan qizaloq tengdoshlari orasida fikri teranligi, bilagʻonligi, xotirasining kuchliligi bilan ajralib turardi. 1998-yilda umumtaʼlim maktabini muvaffaqiyatli tugatgan Guloyim Begjanova bolaligidan qalbida ardoqlab yashagan orzusi tomon ilk qadam qoʻydi: Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat pedagogika institutining oʻzbek tili va adabiyoti fakultetiga hujjatlarini topshirdi. Institutga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtib, talaba boʻldi.

Talabalik yillari unga biri-biridan zavqli onlarni ato etdi. Maʼnaviyatga, sheʼriyatga oshno qalbidan toʻkilgan sohir satrlari ila institut nazm davralariga kirib bordi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sheʼriyat shinavandalariga tanildi. “Amu tongi” (hozirgi “Qoraqalpogʻiston tongi”, “Yerkin Qaraqalpaqstan” gazetalari sahifalarida Guloyim Begjanova imzosi bilan chop etilgan sheʼrlari oʻz muxdislarini topdi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi yosh ijodkorlari davrasida oʻz ovozi, oʻz soʻzi bilan eʼtibor qozondi.

Institutni muvaffaqiyatli tugatgan Guloyim Begjanova oʻsha yiliyoq tumandagi namunali taʼlim-tarbiya maskani – 11-umumtaʼlim maktabida ilk pedagogik faoliyatini boshladi. Institutda olgan nazariy bilimini amaliyotga tatbiq etish, salkam bir mln. nafarga yaqin oʻquvchi tahsil oladigan maktab pedagogika jamoasi bilan til topishish, oʻquvchilari qalbida oʻz faniga nisbatan mehr  uygʻotish qanchalik mushkul boʻlsa, bu jarayonda aql-idrok va fidoyi mehnat bilan oʻz maqsadi tomon intilish Guloyim uchun, albatta, oson boʻlmadi. U tinimsiz izlandi, bilmaganlarini ustozlaridan oʻrgandi. Har bir darsga puxta tayyorlanish, mavzuga oid qoʻshimcha adabiyotlar ustida ishlash pedagogik mahoratini oshirib borish imkonini berdi. Qisqa fursatlar ichida u  maktabning 1-toifali yetakchi oʻzbek tili va adabiyoti fan oʻqituvchisiga aylandi.

- Kasbiy faoliyatimda nimagaki erishgan boʻlsam, avvalo. Alloh rahmat qilsin umr yoʻldoshim Bahrom Yusupovning va ustozlarimning munosib hissasi bor, -  qoniqish bilan soʻzlaydi Guloyim. – Men ustozlarimni biri-biridan ayricha tilga olishdan hamisha oʻzimni tiyib turaman. Umumtaʼlim maktabida, institutda menga taʼlim-tarbiya bergan ustozlarim, qolaversa, 11-sonli maktab mehnat jamoasi – ularning har biri men uchun qadrli. Men ularning barchasidan qandaydir yaxshilik koʻrganman. Biri ilmini, biri tajribasini, yana biri shirin soʻzini, mehrini ayamagan azizlarim ular. Barchasidan minnatdorman.

Guloyimni hayot koʻp bora sinadi. Yangi oila qurib, mustaqil hayotga zavq bilan kirib kelgan, ikki nafar murgʻak goʻdagini bagʻriga bosgan baxtiyor oilaga kulfat soya solganida katta oʻgʻli Sirojiddin 13 yoshda, kichigi Ogʻabek endi 10 yoshdan hatlagan edi. Yaxshi niyatlar bilan qurilishi boshlangan yangi imorati qad rostlagan sari quvonchdan koʻngli toshib yurgan umr yoʻldoshi, tuman IIB xodimi boʻlgan Bahromjon Yusupovning bemavrid vafoti Guloyimning yuragini tosh kabi ezganida ham, roʻzgʻor kamchiliklarini toʻldirish uchun yelib-yugurib oʻzini ish bilan ovutishga intilganida ham u faqat atrofidagi yaxshilarga, ustozlariga, yaqinlariga suyandi. Hayotning shafqatsiz zarbalarlariga koʻksini qalqon qildi va... Hech qachon magʻlub boʻlmadi.

- Adabiyot – odamni kuchli qiladi, - mamnuniyat bilan soʻzlaydi Guloyim. – Men adabiyotga suyandim, undan kuch oldim. Shu kuch mening qaddimni tik tutishga undadi.

Aytish joizki, ana shu maʼnaviy kuch Guloyim Begjanovani shaxs sifatida shakllantirdi. Oʻz kasbining, oilasining, ona Vatanining fidoyisiga aylantirdi. Tan berishga munosib Ustoz darajasiga yetdi ana shu maʼnaviy kuch tufayli.

Beixtiyor kuzataman: bir ijodkor sifatida oʻquvchilik davridan men yaxshi bilgan Guloyim bugun jamiyatning eng faol aʼzolaridan biriga aylangan, mohir pedagog, sevimli ustoz, shirinzabon shoira. Sinf toʻla bilimga chanqoq yoshlar ustozdan adabiyot taʼlimini, soʻz sanʼatiga mehrni va sheʼriyatning goʻzal sir-u sinoatini maroq bilan oʻrganadilar. Mavzu - mangu va navqiron, qiziqarli, koʻngillarni oʻstiruvchi tuygʻularga toʻla – “Farhod va Shirin” dostonida komil inson gʻoyasi”. Oʻquvchi-yoshlar qalbida Navoiy dahosiga sodiqlik, komil inson boʻlmoqqa cheksiz mehr va intilish mujassam. Sinf toʻla oʻquvchi-yoshlar fikrlar bayonida biri-biridan bilimdon, har biri komil inson haqida oʻz fikr-mulohazasini aytmoqqa mushtoq. Har bir oʻquvchi buyuk Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonini yangidan kashf etayotir. Oʻqituvchining har bir savoliga burro-burro javob qaytarayotir.

Bu  jarayon Guloyim Begjanova mashgʻulotlar olib boradigan oʻzbek tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti fan toʻgaraklarida yanada qizgʻin tus oladi. Haftasiga ikki kun oʻtkaziladigan toʻgarak mashgʻulotlarida oʻquvchi-yoshlar mumtoz va hozirgi zamon oʻzbek adabiyoti namoyondalarining asarlari haqida maʼlumotlar olish bilan birga til va uslub, soʻz qoʻllash sanʼati, hozirgi zamon oʻzbek tilining xususiyatlari haqidagi bilimlarga ega boʻlishadi.

- Maktabimiz oʻquvchilarining til va adabiyot fanidan bilimlar bellashuvi va fanlar olimpiadasining turli bosqichlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritayotganlarida Guloyim Begjanovaning hissasi katta, - deydi maktab direktori Zulfiya Yusupova. – Aʼlochi oʻquvchimiz Sveta Shomurodova bilimlar bellashuvining tuman bosqichida 1-oʻrinni, respublika bosqichida 2-oʻrinni egalladi. Yana bir oʻquvchimiz Feruza Shomurodova esa umumtaʼlim maktablarining axborot-resurs markazlari aʼzolari oʻrtasida oʻtkazilgan “Men sevgan badiiy qahramon” insholar tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi va tanlovning mamlakat bosqichida ishtirok etib, sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Guloyim Begjanovaning shogirdlari juda koʻp. Ular bugungi kunda tumanimiz taʼlim tizimini rivojlantirishga munosib hissalarini qoʻshishmoqda. Til va adabiyot fani oʻqituvchilari Muhabbat Abdukarimova, tumanimiz yoshlari orasida anchagina taniqli, fidoyi yoshlar yetakchisi va volontyor Muyassar Rahmatullayeva, NDPI talabasi, boʻlgʻusi til va adabiyot fani oʻqituvchisi Gavharoy Qurbonboyeva... Bu roʻyxatni yana davom qildirish mumkin. Lekin Guloyim uchun ham, jamiyat uchun ham roʻyxatning salmogʻi emas, balki unda ilm-shariflari qayd etilgan shaxslarning mahorat va malakasi muhim. Shu bois, Guloyim shogirdlari bilan har gal uchrashganida ularning nafaqat  yutuqlari, balki kamchiliklari haqida ham erinmay suhbatlashadi, qimmatli maslahatlar beradi.

Yigirma bir yildirki uning hayoti maktab, oʻquvchi-yoshlar davrasida va hamon oʻqib-oʻrganish, izlanishda, boʻsh vaqtlari esa ijod lahzalarida kechadi.  Koʻngillarni tebratuvchi, yuraklarga kuch, qudrat baxsh etguvchi sheʼrlar yozadi. Toʻplasa, yozganlari qalingina bir kitob boʻlgulik. Qaysi davrada boʻlmasin, Guloyim Begjanovaning sheʼrlari qalblar ardogʻiga, koʻngillar mulkiga aylanadi, dillarda sheʼriyatga, maʼnaviyatga cheksiz mehr uygʻotadi. Chunki u shunchaki yozmaydi. – Vatan degan yuraklarda muhabbat shavqini uygʻotib, choʻllagan koʻngillarga mehri-ob taratib yozadi, yozaveradi. Yuragi toza, umid va niyatlari ulugʻ ijodkor-oʻqituvchi u!

Men bu fidoyi inson bilan hech xayrlashgim kelmadi:

- Sheʼriyat ayyomlarida, mehr-muhbbat barq urgan davralarda uchrashamiz, seni men, u ular – adabiyot va sheʼriyat ixlosmandlari yaxshi koʻrishadi, Guloyim! – degim keldi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026