“KONSTITUTsIYa – NOMUSIMIZ, FAXPIMIZ!” BAYPAM TADBIPI OʻTKAZILDI
Oʻzbekiston Pespublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligi munosabati bilan, tumanimizdagi 55-sonli umumtaʼlim maktabida “Konstitutsiya – nomusimiz, faxrimiz!” shiori ostida tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirni maktabning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Bahrom Hikmatullayev ochib berdi va barcha oʻquvchilarni Konstitutsiyamizning 27 yilligi bilan tabrikladi.
Tadbirda 9a-, 9b-, 9v-sinflar oʻquvchilari oʻrtasida “Biz Konstitutsiya bilimdonlarimiz” mavzusida bellashuv oʻtkazildi.
Oʻquvchi-yoshlar beshta shart boʻyicha oʻzlarining epchilliklarini, Konstitutsiya boʻyicha bilimdonliklarini hamda Prezident asarlarini qay darajada oʻrganganliklarini namoyish etishdi.
Bellashuv oxirida oʻquvchi-yoshlar barcha shartlarga aniq va toʻgʻri javob berishib, bayram ishtirokchilari olqishiga sazovor boʻldilar. Shu bilan birga Prezident asarlarining bilimdonlari ekanliklarini oʻz javoblari bilan isbotladilar.
Maktabning huquqshunoslik fani oʻqituvchisi Pohatoy Avezova, maktab direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari Dilfuza Oʻrozboyevalar oʻquvchilarga xalqimiz hayotida yuz berayotgan ijobiy oʻzgarishlar va islohotlarda Konstitutsiyamizning ahamiyati juda katta ekanligi haqida gapirib berdilar. Konstitutsiyaning har bir moddasini hurmat qilish, uni chuqur oʻrganishlari zarurligini taʼkidladilar.
Tadbir yakunida maktab maʼmuriyati tomonidan eng aʼlochi, intizomli oʻquvchilarga badiiy adabiyotlar taqdim etildi.
Zuhra AHMEDOVA, 55-sonli maktab laboranti.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶