Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatligiga nomzodlar saylovçilar bilan uçraşdi
Saylovoldi taşviqoti saylov kampaniyasining eng muhim va masʼuliyatli bosqiçlardan biri sanaladi. Bu davrda siyosiy partiyalar va ular tomonidan deputatlikka ilgari surilgan nomzodlar saylovçilarni özining istiqbolda amalga oşiradigan faoliyat dasturi bilan taniştiradi. Partiyalarning saylovda muvaffaqiyatga erişişi köp jihatdan öz saylovoldi taşviqotini neçoğlik faol va samarali taşkil etişiga boğliq. Şu maqsadda ayni kunlarda joylarda deputatlikka nomzodlarning saylovçilar bilan uçraşuvlari ötkazilmoqda.
1-Nukus saylov okrugidan Özbekiston Pespublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputatligiga nomzodlar ham tumanimizda bölib, saylovçilar bilan uçraşuv ötkazdi.
Tölqin ovulidagi 32-sonli maktabda ötkazilgan uçraşuvda deputatlikka nomzodlar va ularning işonçli vakillari, ovul ahli va fuqarolar yiğini masʼullari iştirok etdilar.
Uçraşuvda dastlab deputatlikka nomzodlarning işonçli vakillari sözga çiqib, nomzodlarning mehnat faoliyati haqida batafsil maʼlumotlar berdi.
Şundan keyin Özbekiston Xalq demokratik partiyasidan körsatilgan nomzod, Özbekiston Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpoğiston Pespublikasi boşqarmasi huzuridagi hakamlik sudi raisi Pustem Aybergenov, Özbekiston Ekologik partiyasidan körsatilgan nomzod, partiyaning Qoraqalpoğiston Pespublikasi kengaşi Ijroiya qömitasi raisi Aysanem Begimova, Özbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan körsatilgan nomzod Pespublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Qoraqalpoğiston filiali boşliği Berdimurat Daljanov, Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod qilib körsatilgan Nukus şahridagi «Massaget Nukus Tur» masʼuliyati çeklangan jamiyati direktori Dilfuza Jiyenbekova va Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasidan ilgari surilgan nomzod, Qoraqalpoğiston Pespublikasi Moliya vaziri örinbosari Puslan Djumamuratovlar sözga çiqib, özlarining saylovoldi dasturlari bilan taniştirdilar.
Uçraşuvda ovul aholisi, mahalla faollari deputatlikka nomzodlarning va tegişli partiyalarning saylovoldi dasturlari haqida maʼlumot olib, özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar.
Ozoda XUDOYBEPGANOVA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶