Boşlanğiç sinf öquvçilarida kreativ faollik şakllantirilib borilmoqda
Yoş avlodga taʼlim-tarbiya beriş barça öqituvçilar uçun masʼuliyatli vazifadir. Har bir öqituvçi zimmasidagi bu masʼuliyatni his qilgan holda samaradorlikni oşiriş uçun öz ustida tinimsiz işlaşi, taʼlim jarayonida turli metodlarni qöllab, natijaga erişişga harakat qilişi lozim. Ayniqsa, öquvçilar bilan individual va guruh bölib işlaşişda ularning kreativ, yaʼni ijodiy faolligini şakllantirib boriş muhim örin tutadi.
Kreativlik lotinça sözdan olingan bölib, yaratuvçanlik, ijodkorlik degan maʼnolarni bildiradi. Qandaydir yangi, betakror narsa yarata oliş layoqati, badiiy şakl yaratiş, fikrlaş, ğoya va yeçimga olib keluvçi aqliy jarayondir. Kreativ faollik esa - ijodiy jadallik, jonbozlik, işçanlik körsatişni anglatadi. Kreativ faollikni şakllantiriş, ayniqsa, boşlanğiç sinf öquvçilarida zarur bölib, ularning yaşirin iqtidorlarini röyobga çiqariş imkonini beradi.
Boşlanğiç taʼlim yönalişida “Klaster”, “Idrok xarita”, “Zinama-zina”, “FSMU” texnologiyalari va “Aqliy hujum”, “Rolli öyinlar”, “Kiçik guruhlarda işlaş” “Yesse”, “Metaplan karta” va “Finboard” kabilar metodlar kreativ faollikni şakllantiruvçi metodlardan hisoblanadi. Masalan, ulardan “Idrok xarita” metodidan fikrlarni taqdim qiliş va boğlaş usuli sifatida foydalaniladi. U öquvçilarda tasavvur qiliş va fikrlarni tizimlaştiriş, ötilayotgan mavzudagi boş ğoyalar yoki asosiy tuşunçalarni, birlamçi tuşunçalarni izohlaşga yordam beruvçi ikkilamçi va uçlamçi ğoyalar yoki tuşunçalarni ajratiş könikma va malakalarni şakllantiradi.
Bizning 16-sonli ixtisoslaştirilgan davlat umumtaʼlim maktabimizda boşlanğiç sinf uslub birlaşma rahbarlari uçun “Boşlanğiç sinf öquvçilarida kreativ faollikni oşiriş” mavzusida ötkazilgan seminarda ham aynan şu masalalar keng muhokama qilindi. Seminarda iştirok etgan barça öqituvçilar bu borada tajriba va fikr almaşişdi.
Öqituvçilar dars jarayonida foydalanadigan bu metodlar va yangi pedagogik texnologiyalar taʼlim samaradorligini oşiriş bilan birga öquvçilarning yaratuvçanlikka intilişiga, ijodiy fikrlaşiga, yetuk şaxs bölib rivojlanişiga zamin yaratadi.
Aziza Törayeva, 16-sonli IDUM boşlanğiç taʼlim öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶