“Buvijonim kiygan liboslar” mavzusida 13-son maktabda maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ötkazildi
Bugungi kunda yoşlarimiz örtasida milliy liboslarni keng tarğib etiş, ularning milliy liboslarga hurmatini oşiriş, qolaversa, kiyiniş madaniyatini yuksaltiriş muhim vazifalardan hisoblanadi. Ayni paytda barça hududlarda ötkazilayotgan “Buvijonim kiygan liboslar” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar milliy liboslarimiz umrboqiyligini taʼminlaş, milliy anʼana va qadriyatlarimizga hurmat va sadoqat ruhini kamol toptirişda juda katta ahamiyat kasb etmoqda.
13-sonli umumtaʼlim maktabida ham “Buvijonim kiygan liboslar” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ötkazildi. Tadbirda maktabning 11-“A” sinf öquvçilari G.Matsadiqova va M.Egamberdiyevalar boşlovçilik qildilar. Maktab öqituvçilaridan M.Şomurodova, P.Yusupova, N.Haybullayeva, S.Yeşçonovalar tadbir haqida öz fikrlarini bildirib, yoşlarni milliy urf-odatlarimizni, milliyligimizni asrab-avaylaşga çaqirdi. Ular buvilarimizning liboslari gazlamasining tabiiyligi, soğliqqa zararsizligi, tor emasligi, qulayligi, qaddu-qomatning tik va çiroyli ösişga taʼsiri haqida aytib ötdilar. Şuningdek, milliy qadriyatlarimizni saqlab qoliş muhimligi, “ommaviy madaniyat”ni özida ifoda etib, xorijdan kirib kelayotgan turli kiyim-keçaklardan öz milliy liboslarimizning afzal ekanligini gapirdilar.
Tadbir davomida asrlar oşa kelayotgan, buvijonlarimiz kiygan milliy liboslardan slayd-taqdimot namoyiş etildi. Şundan söng, liboslar körgazmasi ham ötkazildi. Körgazmada maktabning 8-11-sinf öquvçi-qizlari buvilar kiygan liboslar, onalar kiygan liboslar, bugungi kun qizlarining namunaviy liboslari, uydagi liboslar, maktab, bazm va bayram liboslarini namoyiş qildilar.
Aziza Ahmedova, 13-sonli maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶