16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 22:10
Fan va taʼlim 👁 620

TAʼLIM SOHASINING JONKUYaRI

TAʼLIM SOHASINING JONKUYaRI

Hozirgi vaqtda taʼlim sohasiga berilayotgan katta eʼtibor shu sohada faoliyat koʻrsatayotgan har bir xodimning oʻz kasbiga, faoliyatiga boʻlgan masʼuliyat hamda faxru iftixorini yaqqol namoyon etayapti.

Ayniqsa bu sohada faoliyat koʻrsatayotgan pedagog xodimlar oʻz kasblari yuzasidan chuqur izlanishlar olib borishib, yoshlarga berilayotgan taʼlimning sifat va samaradorligini oshirish yoʻlida fidokorona mehnat qilmoqdalar.

2013-yilda Nukus Davlat pedagogika institutini tamomlab, tumanimizdagi 16-sonli ixtisoslashgan davlat umumtaʼlim maktabida oʻzbek tili va adabiyoti fanidan dars bera boshlagan yosh oʻqituvchi Nigora Ismoilova bu ish boʻyicha tajribasi yoʻqligi sababli ancha qiyinchiliklarga duch kelgan.

Ammo maktabda koʻp yillardan buyon faoliyat koʻrsatib kelayotgan Hulkar Qurbonboyeva va Aziza Abdurahmonova singari tajribali muallimlar Nigorani yolgʻizlatib qoʻyishmadi.  Unga oʻqitish, oʻquvchi bolalar bilan muomala qilish borasida keng turda tushunchalar berib borishdi. Ustozlarning oʻgit va nasihatlari Nigoraga dalda va tayanch boʻldi.

Oʻz ustida tinmay ishlashi, dars oʻtishning ilgʻor usullaridan foydalanishi, ustoz oʻqituvchilar tajribalariga suyanishi  natijasida koʻp oʻtmayoq u faol oʻqituvchilar safidan oʻrin oldi.

Ayni kunda Nigora Ismoilova tomonidan oʻquvchilar oʻrtasida oʻtkazilayotgan “Yosh kitobxon” musobaqasi, mushoira va maqol aytishuv tadbirlari oʻquvchilarda oʻzbek tili va adabiyotiga boʻlgan qiziqishni yanada oshirmoqda.

Yosh oʻqituvchi Nigora Ismoilovaning oʻquvchilarga taʼlim berishda bor bilim va mahoratidan, ilgʻor tajribalardan foydalanib ish koʻrishi uning oʻz oʻquvchilari muvaffaqiyatlarida aniq koʻzga tashlanadi. Shogirdi Diyora Boltaboyevaning “Bilimlar bellashuvi”ning tuman va Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichlarida qoʻlga kiritgan yutuqlari uni koʻproq mehnat qilishga, oʻquvchilari bilan ishlashni yanada jonlantirishga ruhlantirmoqda.

Dars oʻtish jarayonida interfaol uslublardan foydalanish Nigora uchun katta imkoniyatlar eshiklarini ochib berayapti. Uning dars oʻtishida ayniqsa “Baliq skleti” va “Zinama-zina” uslublaridan foydalanishi yaxshi natijalarni berayapti.

Nigora Ismoilova hozirgi kunda davom etayotgan “Oʻzbek tili va adabiyoti fan oyligi” doirasida koʻplab tadbirlarni oʻtkazishga harakat qilayapti. Joriy yilning 15-oktyabr kuni 10-sinfda oʻquvchilarning bilimini oshirish, fikrlash doirasini kengaytirish maqsadida oʻtkazilgan ochiq darsda Nigora “Bilimdon daraxti” usulidan keng foydalandi. Ochiq dars paytida oʻquvchilar guruhlarga ajratilib, ularga har xil qiziqarli mavzularda matnlar yozdirildi. Ushbu ochiq dars jarayonida oʻquvchilar faol ishtirok etishdi va ular munosib tarzda ragʻbatlantirildi.

Ayni kunda Nigora oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun – til bayrami munosabati bilan oʻz oʻquvchilari oʻrtasida turli qiziqarli tadbirlarni oʻtkazib, oʻquvchilarda ona tilimiz, oʻzbek tiliga boʻlgan hurmat-eʼtiborni, faxrlanish tuygʻularini oshirishga harakat qilayapti.

Biz oʻz kasbiga ixlos qoʻygan jonkuyar muallima Nigora Ismoilovaning kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Allambergan JUMANIYoZOV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026