TIL – MILLAT QUYoShI
Tumanimizdagi 36-sonli umumtaʼlim maktabida 9- va 10-sinf oʻquvchilari tomonidan tashkillashtirilgan “Til – millat quyoshi” deb nomlangan adabiy-musiqiy tadbir shunday nomlandi. Tadbirda maktab oʻquvchilari va ularning ustozlari qatnashdilar.
9-sinf oʻquvchilaridan iborat A.Navoiy, 10-sinf oʻquvchilari ishtirokidagi A.Yassaviy nomli guruhlar uchta shart yaʼni Navoiy dostonlaridan parchalar oʻqidilar va “Yassaviy hikmatlari qalbimizda”, “Tilga ixtiyorsiz – elga eʼtiborsiz” mavzularida oʻzaro kuch sinashdilar. Uchala shartda ham guruhlar aʼzolari 10 balldan, oʻttiz ball toʻpladilar.
Shuningdek, oʻquvchilar musiqiy chiqishlarida Zulfiyaxonimning “Oʻrik gullaganda” sheʼrini qoʻshiq qilib kuyladilar.
Tadbirda oʻquvchilar tilimiz tarixi, oʻzbek tilida ijod etgan, buyuk kashfiyotlar qilgan mashhur ajdodlarimiz haqida faxrlanib soʻzladilar.
Umida JUMANIYoZOVA, 36-sonli maktabning
ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶