16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 23:56
Fan va taʼlim 👁 565

BU YeRDA ILMLI, IQTIDORLI YoShLAR KAMOLGA YeTMOQDA

BU YeRDA ILMLI, IQTIDORLI YoShLAR KAMOLGA YeTMOQDA

Rivoyat qilishlaricha, 1860-yillar boshida Qozogʻiston tomonlardan savdo – sotiq ishlari bilan kelgan 5 nafar qozoq Amudaryoning sohilida joylashgan, Jumurtovning shundoqqina etagidagi soʻlim va xushmanzara yerlarni koʻrib, shu yerga oʻtov tikishgan va keyinchalik oʻtirimli boʻlib qolishgan. Beshta qozoq oilasi oʻsib- unib, keyinchalik bu yerda ulkan qishloq vujudga kelgan.

Oq oltin ovulining markazi qadim – qadimdan Beshtom qishlogʻi deb yuritilib keladi. Beshtom atamasi beshta xonadondan iborat degan maʼnoni bildiradi.Bu oʻsha qozogʻistonlik besh nafar qozoq millatiga mansub kishilar avlodlaridan tashkil topgan qishloq.

Tumanimizning chekka hududlaridan sanalmish bu qishloq ham mustaqillik yillarida oʻzgacha qiyofa kasb etdi. Ozoda, orasta koʻchalari turli dov- daraxtlar, anvoyi gullar bilan bezanib,fusunkor , fayzli manzilga aylangan. Koʻchalardagi obod, biri – biridan chiroyli hovlilar, hovlilar oldida turgan turli rusumdagi mamlakatimizda ishlab chiqarilgan avtomashinalar aholi hayoti farovon, toʻkin – sochinligidan darak beradi.

Qishloq aholisining farzandlari shu hududda faoliyat koʻrsatayotgan 50 – sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida taʼlim olishadi. Chekka hudud boʻlsa-da maktabda oʻquvchilarning taʼlim – tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar kishining havasini keltirgulik. Muassasaga tashrif buyurgan kishi eng avvalo hududning oʻziga xos did bilan obodonlashtirilib, koʻkalamzorlashtirilganiga guvoh boʻladi. Kuz oxirlab borayotgan ayni shu kunlarda ham qulf urib ochilib turgan gullar kimning zavqini keltirmaydi, deysiz? Koridorlari, sinfxonalari oʻziga xos bezatilgan, quvvati 220 oʻquvchi oʻrniga moʻljallangan maktabda joriy oʻquv yilida 427 nafar oʻquvchi 2 smenada taʼlim – tarbiya olmoqda. Ularga 42 nafar malakali ustozlar dars mashgʻulotlari ni olib borishayotir. Jami oʻqituvchilarning 90 foizi oliy maʼlumotli.

Muassasada Sayyora Tojiboyeva, Guloyim Asqarova, Quvvat Niyozimbetov, Muhabbat Yusupova, Feruza Ajmagʻambetova, Xushroʻy Oʻrozimbetova, Ozoda Boltaboyeva kabi koʻp yillik tajribaga ega oʻqituvchilar keyingi avlod vakillari Xursand Shomurodrv, Xurshid Abdukarimov, Inomjon Qurbonboyev, Ahmadjon Abdijamilov, Goʻzal Rahimova, Farrux Rajabov kabi yosh oʻqituvchilarga ustoz – shogird anʼanasi asosida oʻzlarining tajribalarini oʻrgatib, taʼlim – tarbiya sifati oshishiga harakat qilishayapti.Maktabda boshlangʻich sinflarda 14 ta, keyingi sinflarda 27 ta fan toʻgaraklari , shuningdek, Prezidentimizning yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish borasida ilgari surgan beshta tashabbusi ijrosini taʼminlash borasida ham beshta toʻgarak faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

Oʻqituvchilar mehnati samarasi oʻquvchilar yutuqlarida aks etadi, albatta. Shu maʼnoda olib qaraydigan boʻlsak,oʻtgan oʻquv yilida maktab bitiruvchilaridan 11 nafarining turli oliygohlarga oʻqishga kirgani quvonarlidir. Shuningdek, oʻquvchilar turli koʻrik – tanlovlarda, sport musobaqalarida va bilimlar sinovlarida ham tuman, Qoraqalpogʻiston bosqichlarida sovrindorlar safida kelishayapti, avvalgi yillardan birida mahallalar tarixini oʻrganishga bagʻishlangan “Qadriyatlar beshigisan, aziz mahallam”, deb nomlangan koʻrik- tanlovda ular mamlakat bosqichi gʻolibi boʻlishgan edi.

Maktab hayotiga chuqurroq razm solsangiz - ular erishayotgan yutuqlarda uzoq yillar shu maktabda oʻqituvchilik qilib, ulkan tajriba va mahoratga ega boʻlgan , ayni kunda keksalik nafaqasidagi faxriy ustozlarning ham hissasi borligini sezasiz. Ular maktabga tez -tez tashrif buyurib, taʼlim - tarbiya jarayonini kuzatib, kerakli yoʻl- yoʻriqlarni berib turisharkan .Yana bir aytishga arzigulik maʼlumot – maktab oʻqituvchilarining deyarli 70 foizi oʻz bitiruvchilaridir.

Muassasada 21-oktyabr - Oʻzbek tili bayrami va oktyabr oyi oʻzbek tili va adabiyoti fan oyligi boʻlganligi munosabati bilan oʻtkazilgan “Til millat va taraqqiyot koʻzgusi” deb nomlangan maʼnaviy – maʼrifiy kechada ham oʻquvchilarning dars mashgʻulotlarini qay darajada egallayotgani, ularning intellektini rivojlantirishga qanday eʼtibor berilayotgani va ona tilimizga boʻlgan mehr- muhabbati yaqqol namoyon boʻldi. Oʻzbek tili va adabiyot fani oʻqituvchilari Guloyim Asqarova, Nafisa Nurlonova, Nafisa Abdullayevalar rahbarligida tayyorlangan ushbu tadbirda oʻzbek tili tarixi, rivojlanish pillapoyalari va bugungi dunyo miqyosida tutgan nufuzi haqida maʼruzalar oʻqildi, tilimizning sofligini saqlashga , hurmat bilan qarashga daʼvat etuvchi sheʼrlar oʻqildi, oʻzbek tili asoschisi , buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy ijodidan sahna koʻrinishlar namoyish etildi.

Ruhshunoslar aslida qobiliyatsiz bola boʻlmaydi, faqat ularni anglay bilish va rivojlantirish zarur , deb hisoblaydilar. 50-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiga safarimiz davomida buni yaqqol anglaganday boʻldik va yosh avlod kamoli yoʻlida sidqidildan mehnat qilayotgan ustoz murabbiylarga tolmas kuch- quvvat tiladik.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026