OʻQUVChI-YoShLAR BIRINChI OʻQITUVChISINI BORIB KOʻRDILAR
Nigora Sobirova 31-umumtaʼlim maktabining 11-a sinfiga rahbarlik qiladi. U sinf rahbari sifatida oʻquvchi-yoshlar bilan milliy maʼnaviy qadriyatlarimizni mustahkamlash, oʻzaro hurmat va samimiy eʼtibor, insoniy munosabatlar, inson va uning qadr-qimmatini intelektual mulk darajasida eʼzozlash mavzularida davra suhbatlari, yoshlar bilan nuroniylarning uchrashuvlarini tashkil etadi. Turli bayram sanalarida tashkil etiladigan “Ustoz – yoʻlchi-yulduzim” tadbirida barcha oʻquvchilar faol ishtirok etishadi.

21-oktyabr – Ona tiliga davlat tili maqomi berilgan kun arafasida Nigora Sobirova oʻzi rahbarlik qilayotgan sinf oʻquvchilari bilan ularning birinchi oʻqituvchisi, ayni paytda keksalik nafaqasidagi ustozlari Gulposhsha opa Davlatboyevani borib koʻrdilar. Oʻquvchi-yoshlar Gulposhsha Davlatboyevani ona tili bayrami bilan tabriklab, oʻzlariga oʻqish-yozishni, ona tilimizda ravon gapirishni oʻrgatgan birinchi oʻqituvchisiga guldastalar hadya etishdi. Oʻqishda, jamoat ishlarida oʻzlari erishayotgan yutuqlari haqida gapirib berishdi. Ustoz va shogirdlar bu uchrashuvdan olam-olam zavq oldilar.
Robiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶