Havasga loyiq tarbiya maskani
Tumanimizdagi 1-sonli maktabgacha taʼlim muassasasida hozirgi kunda 13 ta asosiy guruhda 300 nafar, 2 ta qisqa muddatli guruhda 50 nafar, shuningdek, 3 ta maktabga tayyorlov, 6 ta katta va 4 ta oʻrta guruhlarda bolalar taʼlim-tarbiya olmoqda.
Muassasada tajribali pedagoglar «Ilk qadam» davlat oʻquv dasturi asosida 5 ta rivojlantiruvchi markazlarda taʼlim-tarbiya berishadi. Muassasada «Raqs», «Zumradoylar davrasi», «Yosh rassom», «Yosh sportchi» kabi toʻgaraklar faoliyat yuritadi. Oʻqituvchi va tarbiyachilar bolajonlarga taʼlim-tarbiya berish bilan qatorda turli xil sport musobaqalari va tadbirlar, koʻrik-tanlovlar oʻtkazib, tarbiyalanuvchilar iqtidorini rivojlantirishga harakat qilishmoqda.
Shuning uchun tarbiyalanuvchilar turli koʻrik-tanlovlarda yuqori natijalarga erishmoqda. Jumladan, 2017-2018 oʻkuv yilida «Shirintoy-kichkintoy» sport musobaqasining tuman bosqichida faxrli 1-oʻrinni, 5-6 yoshli bolalar oʻrtasida oʻtkazilgan «Shashka» sport musobaqasining tuman bosqichida faxrli 1-oʻrinni egalladi.
Nafaqat tarbiyalanuvchilar, balki, muassasa tarbiyachilari va xodimlari ham yuqori natijalarga erishmoqda. 2018-yilda «Yil tarbiyachisi» koʻrik-tanlovining tuman bosqichida muassasa tarbiyachisi Zumrad Shomurodova faxrli 1-oʻrinni, 2019-yilda ushbu tanlovning tuman bosqichida tarbiyachi Dilbar Qurbonboyeva faxrli 1-oʻrinni, Respublika bosqichida 3-oʻrinni egalladi. 2017-2018 oʻquv yilida «Yilning eng yaxshi oshpazi» koʻrik-tanlovining tuman bosqichida oshpaz Guliston Matchonova 2-oʻrinni, «Yilning eng yaxshi oshxonasi» koʻrik-tanlovida muassasa oshxonasi esa faxrli 1-oʻrinni egalladi.
Tumandagi turli bayram tadbirlarida muassasaning raqs toʻgaragi qizlari faol qatnashib kelmoqda.
Bu yutuqlar zamirida qanchadan-qancha mehnat va fidoyilik yotadi.
Muassasa tarbiyachilari va barcha xodimlarini Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan tabriklab, ularning sharafli va masʼuliyatli ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Charos Arslonova,
tuman hokimligi axborot xizmati xodimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶