NUPBEK ENDI PPEZIDENT MAKTABIDA ÖQIYDI
Tumanimizdagi 36-umumtaʼlim maktabining aʼloçi öquvçisi Nurbek Yöldoşev endi Prezident maktabida öqiydi. Xöş, Nurbekjon bunga qanday erişdi?
Bolaligidan hamma narsaga qiziquvçan Nurbek umumtaʼlim maktabining 1-sinfiga qabul qilinganidayoq özining alohida qobiliyati bilan ajralib turar, tengdoşlariga nisbatan fikrlaş doirasi keng, alifbeni va sanoqni özlaştirişda ança iqtidorli edi. Ikkinçi, uçinçi sinfga ötganida esa u özining yana bir qobiliyatini namoyon etdi, şeʼrlar yoza boşladi. “Taraqqiyot közgusi” va “Mening oilam” gazetalarida şeʼrlari yoritilganida u 9 yoşda, amudaryolik yoşlar ijodidan namunalar jamlangan “Jayxun jilğalari” töplamida şeʼrlari çop etilganida endigina 11 yoşga tölgan bolakay edi.
Nurbekning qiziqişlari yoşi ulğaygan sari yanada kengaydi. U matematika faniga ixlos qöydi. 36-umumtaʼlim maktabining matematika fani öqituvçilari Temur Japaqov va Payhon Yakubovalarning har bir darsini qunt bilan özlaştirdi. Bir vaqtning özida ingliz tili fani öqituvçisi Dildora Xolmenova olib boradigan darslarni maroq bilan örgana boşladi. Undagi xorijiy tillarni örganişga bölgan alohida qobiliyatni sezgan sinf rahbari, rus tili fani öqituvçisi Dilnura Boboniyozova Nurbekjon bilan alohida şuğullanadigan böldi. Yuqori sinfga ötganida maktabning yetakçi rus tili öqituvçisi Nasiba Ahmedova va Nazira Soliyevalar Nurbek Yöldoşev uçun xorijiy til özlaştirişning yangi yöllarini oçişdi. U sevimli ustozlari yordamida ham xorijiy tillarni, ham mantiqni örgana boşladi. Natijada uning rus va ingliz tillarida öz fikrini maʼnoli, mantiqiy ifodalaş qobiliyati şakllandi. Bilimlar bellaşuvi va fanlar olimpiadalarida bir neça marta tuman ğolibi, respublika bosqiçlarining bilimdon iştirokçisiga aylandi.
Özbekistonda, Nukus şahrida ham Prezident maktablarining taşkil etilişi Nurbek Yöldoşev uçun yana bir orzusini amalga oşiriş imkonini berdi. U aniq fanlar yönalişi böyiça maxsus maktabda taʼlim olişni orzu qilardi. Prezident maktablarining taşkil etilişi, uning nazarida ana orzusi tomon yöl oçdi. U mustaqil ravişda Prezident maktabiga öqişga kiriş sinovlariga tayyorlana boşladi. Asli tadbirkor bölgan dadasi Bahodir Yusupov va onasi Zulxumor Arikovalar öğlining bu qatʼiyatini qöllab-quvvatlaşdi. Mustaqil ravişda sinovlarga tayyorlanişi uçun uyda barça şaroitlarni yaratib berişdi.
Prezident maktabiga öqişga kiriş uçun hujjat topşirgan öquvçilar soni ança köp, qolaversa, ularning asosiy qismi fanlar olimpiadalari va bilimlar bellaşuvining respublika bosqiçi ğoliblari va iştirokçilari edilar.

Yoşiga nisbatan ança fikri teran, aniq fanlar böyiça bilimdon bölgan Nurbek Yöldoşev ikki bosqiçda ötkazilgan kiriş imtihonalaridan muvaffaqiyatli ötdi. Birinçi bosqiçda matematika fanidan eng yuqori natijaga erişgan Nurbek uçun ikkinçi bosqiç sinovlari – mantiq böyiça sinovlar umuman qiyinçilik tuğdirmadi. U eng yuqori ball bilan Prezident maktabining 10-sinfiga qabul qilindi.
20-sentyabr kuni 36-umumtaʼlim maktabida Nurbek Yöldoşevni Prezident maktabiga öqişga kuzatiş marosimi bölib ötdi. Unda tuman hokimining yoşlar masalalari böyiça örinbosari Alişer Yöldoşev, Nurbek Yöldoşevning ustozlari, sinfdoş döstlari iştirok etişdi. Alişer Yöldoşev Nurbek YÖldoşevni Prezident maktabiga kirgani bilan tabrikladi va tuman hokimi S.Yöldoşevning şaxsiy tabrigi va taşakkurnomasini taqdim qildi.
- Kelajakda yetuk mutaxassis bölib yetişib, ona Vatanimga, xalqimga sidqidildan xizmat qilaman, Özbekistonimiz taraqqiyotiga munosib hissa qöşaman. – deydi Nurbekjon öz orzulari haqida sözlarkan.
Biz iqtidorli va bilimga çanqoq Nurbek Yöldoşevga ilm çöqqilari tomon qöygan dadil qadamlarida omad va yuksak parvozlar tilaymiz.

Pobiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶