DAVLATIMIZNING YuKSAK MUKOFOTLAPI MUBOPAK BOʻLSIN!
Mustaqillik bayrami xalqimiz uchun nafaqat erk va istiqlol shodiyonalarini, balki elim, yurtim, degan fidoyi farzandlarining fidoyi xizmatlarini eʼtirof etish, olqishlash onlarini ham ato etadi. Bu yil ham ona Vatan taraqqiyoti yoʻlida fidoyilik bilan mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizdan bir guruhini mamlakatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlash haqidagi Prezident Farmoni matbuotda eʼlon qilinishi bilan biri-biridan quvonchli xushxabarlar qanot yozdi. Mukofotlanganlar orasida Amudaryolik fidoyilar ham borligi, albatta qalblarga faxr-u iftixor bagʻishlaydi.
“Oʻzbekiston Pespublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, adabiyot, madaniyat va sanʼat sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni ga asosan xalqimizning ilmiy-intellektual salohiyati va maʼnaviyatini yuksaltirish, taʼlim, madaniyat, adabiyot, sanʼat, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport sohalarini rivojlantirishdagi xizmatlari, Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, yurtimiz taraqqiyoti, tinchligi va barqarorligini taʼminlash ishiga qoʻshgan munosib hissasi hamda jamoatchilik ishlaridagi koʻp yillik samarali ishtiroki uchun mukofotlangan yurtdoshlarimiz qatorida Amudaryo tumani hokimining oʻrinbosari – Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Ahmedova Maryam Xalillayevna ham bor.
M.Ahmedova Prezidentimiz Farmoniga asosan II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlandi.
Shuningdek, Prezidentimizning “Oʻzbekiston Pespublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan Amudaryo tumani Davlat soliq inspektsiyasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Ashirbayev Odilbek Aminbayevich “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.
Yuksak davlat mukofotlariga savzovor boʻlgan amudaryolik yurtdoshlarimizni chin dildan muborakbod etamiz! Ularning Ona Vatan mustaqilligini mustahkamlash, sogʻlom va barkamol avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazish, mamlakatimizda tinchlik va barqarorlikni taʼminlash yoʻlidagi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!
“Taraqqiyot koʻzgusi” va “Mening oilam” gazetalari, Amudaryo televideniyesi tahririyati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶