“Inson huquqlari – eng oliy qadriyat” mavzusida huquqiy savodxonlik tadbiri oʻtkazildi
Oʻzbekiston Pespublikasi Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning 31-iyul kuni tasdiqlangan “2019-yil avgust oyida “Insan huquqlari – eng oliy qadriyat” mavzusida huquqiy savodxonlik oyligini oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi”ning ijrosini taʼminlash maqsadida Amudaryo tumani 82-sonli maktabda taʼlim muassasasi xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi.
Unda OʻzP Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining PF-5729-son "Oʻzbekiston respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmoni, PQ-4235-son "Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qarori, “Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori, "Ayollar huquqlari"ning mohiyati va ahamiyati tushuntirildi.
Davra suhbati davomida korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha video rolik qoʻyildi.
Davra suhbati qizgʻin savol-javob tarzida oʻtdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶