«JONAJON ÖZBEKISTONIM, MANGU BÖL OMON!” ŞIORI OSTIDA MAHALLABAY TADBIRLARI BÖLIB ÖTMOQDA
Mamlakatimiz mustaqillikka erişgan kun – 1-sentyabrga tobora yaqinlaşmoqdamiz. Bayramni munosib qarşi oliş va nişonlaş uçun tadoriklar tobora avj olmoqda.Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça tuman Kengaşi tumanimiz ovul va mahallalar fuqarolar yiğinlariga bayram munosabati bilan öz hududlarida “Jonajon Özbekistonim, mangu böl omon!” şiori ostida 1-avgustdan 25-avgustgaça bu muhim sananing mazmun mohiyatini özida aks ettirgan, beşta yönalişni qamrab olgan mahallabay tadbirlarin i ötkaziş yuzasidan yöriqnoma işlab çiqib, tavsiya qilgan edi.
Ayni kunlarda şu asosda tumanimizdagi barça ovul va mahallalarda mustaqilligimizning 28 yilligiga bağişlangan tadbirlar bölib ötmoqda.Tadbirlarda har bir ovul va mahallalar fuqarolar yiğinlarida tuzilgan tarğibot guruhi aʼzolari aholi va yoşlarga 2017-2021-yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişlari böyiça “Harakatlar strategiyasi”, “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlaniş yili” davlat dasturi,”Obod qişloq”, “Obod mahalla”, “Har bir oila - tadbirkor”, “Yoşlar - kelajagimiz” kabi muhim dastur va rejalar asosida olib borilayotgan tub islohotlar natijasida tobora gözallaşib borayotgan yurtimiz, yurtdoşlarimizning bugungi kayfiyati, turmuşimizdagi ijobiy özgarişlar haqida batafsil gapirib bermoqda. Şuningdek hududlardagi MTMlar tarbiyalanuvçilari, maktablar öquvçilari iştirokida tayyorlangan maxsus bayram dasturlari namoyiş etilmoqda. Mazkur tadbirlarda xalqimizning milliy öyin va qöşiqlariga, sport musobaqalariga keng örin berilgani aholiga juda manzur bölmoqda.
Şunisi diqqatga sazovorki, mahallabay tadbirlarini ötkazişga yaqindan yordam bergan va musiqiy dasturda faol qatnaşib, kuy, qöşiqlarni yuksak mahorat bilan ijro etgan yoşlar şu yerning özida taqdirlanib, xizmatlari eʼtirof etilmoqda. Şuningdek hududlarda yaşovçi kam taʼminlangan va keksa yoşdagi nuroniy otaxon, onaxonlarning holidan xabar olinib, bayram sovğalari berilayapti. 19-avgustgaça 21 ta mahallalar va ovullarda ana şunday tadbirlar ötkazildi.
Ötkazilayotgan mahallabay tadbirlar mustaqillik bayrami arafasida yurtdoşlarimizni mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli bunyodkorliklar, yangilanişlar va yuksalişlar bilan yaqindan taniştirib, ularga bayram arafasida özgaça kötarinki kayfiyat ulaşmoqda, şu aziz Vatanimizni köz qoraçiğiday asrab-avaylaşga undamoqda.
Otabek IBRAGIMOV, Fuqarolarning özini özi boşqariş
organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş
böyiça tuman Kengaş raisi örinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶