EHTIYoJMAND OILALARGA QURBON HAYITI MUNOSABATI BILAN GOʻShT TARQATILDI
“Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan Qunbon hayiti munosabati bilan saxovatpesha homiylar bilan hamkorlikda qurbonlik soʻyilib, mamlakatimiz boʻylab, qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlarida yashovchi kam taʼminlangan va ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalarga tarqatildi.
12-avgust kuni “Yusuf eshon bobo” jomeʼ masjidiga Mangʻit shahri va shahar atrofidagi mahallalarda istiqomat qiluvchi fuqarolar taklif qilindi. Ularga “Vaqf” xayriya jamoat fondi nomidan Qurbon hayiti munosabati bilan yuborilgan mol goʻshtlari tarqatildi.
Shu kuni tumanimizning 40 ta mahallasida istiqomat qiluvchi 40 nafar ijtimoiy koʻmakka muhtoj xonadonlarning har biriga 3 kilogrammdan, jami 120 kilogramm qurbonlik uchun soʻyilgan mol goʻshti “Vaqf” xayriya jamoat fondi nomidan tarqatildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶