18 yoshdan 27 yoshgacha boʻlgan fuqarolar diqqatiga!
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 52-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasini himoya qilish — har bir fuqaroning burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervidagi harbiy xizmatini oʻtashga majburdirlar.
Shundan kelib chiqqan holda Amudaryo tumani Mudofaa ishlari boʻlimi tumanimizda yashovchi 18 yoshdan 27 yoshgacha boʻlgan, yaʼni 1993-2001-yillarda tugʻilgan yigitlarni 2019-yil 10-avgustdan boshlab harbiy xizmatga saralash jarayoni boshlanganini maʼlum qiladi.
Amaldagi qonunchilikka asosan har bir chaqiriluvchi har yili majburiy ravishda Mudofaa ishlari boʻlimida tashkil qilingan komissiyada tibbiy koʻrikdan oʻtishi shart.
Shuni eslatib oʻtamizki, chaqiruv yoshida boʻlib, asossiz sabablarga koʻra tibbiy koʻrikdan oʻtishga kelmagan chaqiriluvchilar qonunda belgilangan tartibda maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Shuningdek, muassasa, korxona va tashkilotlar rahbarlari chaqiruv yoshida boʻlgan xodimlarining roʻyxatini tuman Mudofaa ishlari boʻlimiga taqdim qilishi va ularning chaqiruv mavsumida tibbiy koʻrikdan oʻtishlarini taʼminlab berishlari shart.
Hurmatli chaqiriluvchilar!
Vatan oldidagi harbiy xizmatni ado etish har bir yigitning burchidir. Shunday ekan, 2019-yil 10-avgustdan boshlab tuman Mudofaa ishlari boʻlimiga tashrif buyurib, tibbiy koʻrikdan oʻting va belgilangan tartibda harbiy xizmatni oʻtab, oʻz Konstitutsiyaviy burchingizni ado eting!
Tuman Mudofaa ishlari boʻlimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶