17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 06:50
Jamiyat 👁 446

“OBOD QIShLOQ” DASTURIGA KIRITILGAN QILIChBOYDA QANDAY OʻZGARIShLAR QILINDI?

“OBOD QIShLOQ” DASTURIGA KIRITILGAN QILIChBOYDA QANDAY OʻZGARIShLAR QILINDI?

Tumanimizning eng qadimiy hududlaridan biri, Qilichniyozboy bobokalonimiz nomi bilan ataluvchi Qilichboy ovuli mustaqillik yillarida oʻzgacha chiroy kasb etdi. Mavjud 24 ta koʻchalarda har yili obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlari olib borilishi natijasida hovlilar fasad qismlarida mevali manzarali daraxtlar, gullar oʻstirilib, yashillikka burkandi, yangi-yangi imoratlar qad rostladi.

Hozirgi kunda ovul hududida 1086 xonadonda 1146 ta oila istiqomat qiladi. Mehnatga layoqatli aholi  soni 3085 nafar boʻlib, shularning 2928 nafari ish bilan band.

Ishsiz aholini foydali mehnatga jalb qilish, oilasida daromad manbalarini yaratishga va shu tufayli turmushi farovonlashuviga erishish maqsadida tinimsiz targʻibot-tashviqot ishlari olib borilganligi tufayli tomorqa yerlardan unumli foydalanilmoqda.

Hududda 1076 xonadonning tomorqa yeri mavjud va ularda aholi oilasi uchun zarar qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini oʻzlari yetishtiribgina qolmay, bozorlarimiz toʻkinligiga ham munosib hissa qoʻshmoqdalar.

Ovulda 731 nafar aholi tadbirkorlik faoliyati bilan, ularning 14 nafari kasanachilik, 2 nafari milliy hunarmandchilik, 22 nafari savdo-sotiq, 689 nafari chorva va parranda boqish bilan shugʻullanishadi. Oilaviy tadbirkorlar soni esa 6 tadir.

Ovul yoshlarining 56 nafari mamlakatimizdagi turli oliygohlarida, 25 nafari xorijiy oliygohlarda taʼlim olishmoqda. Ular erta bir kun albatta, yetuk kadrlar boʻlib yetishib, Qilichboy ovulining, tumanimizning taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshadilar. Hozir ovul yoshlari 3 ta sport maydonchasida, 2 ta bolalar maydonchasida boʻsh vaqtlarida sport bilan shugʻullanib, mahoratlarini oshirmoqdalar. Shuningdek, 3 ta kutubxona aholi va yoshlar xizmatida. 17 ta savdo doʻkonlari, 1 ta toʻyxona, 3 ta umumiy ovqatlanish shohobchalari, 2 ta oʻquv markazi, 1 ta qishloq oilaviy poliklinikasi mavjud.

Ovul aholisining koʻpchilik qismi hududdagi 8 ta fermer xoʻjaliklarida mehnat qilishadi.

Aholi turmushi tarzini yaxshilash, xonadonlarni namunaviy holatga keltirish, uylarning atrofi va ichkarisining sanitariya holatini yaxshilash maqsadida ovul 2019-yilgi “Obod qishloq” dasturiga kiritildi.

Dasturga muvofiq 300 ta yakka tartibda qurilgan uylarni taʼmirlash, 120 ta uylarning fasad qismini, 25 ta uylarning darvozalarini taʼmirlash, 160 ta uyga toʻsiq devorlar qurish, 85 ta uyning toʻsiq devorlarini taʼmirlash rejalashtirilgan edi.

Hozirgi kungacha 117 ta uylarning  tom qismi taʼmirlandi, markaziy yoʻl boʻyidagi uylarning fasad qismini taʼmirlash ishlari yakuniga yetay deb qoldi. Ovulning Toza yop va Olmazor aholi punktlarida yashovchi aholi tomorqa yerlaridan unumli foydalanishiga sharoit yaratish maqsadida P-1 kollektorining ikki yarim kilometrlik hududini qazib, tozalash ishlari yoʻlga qoʻyildi.

Aytish mumkinki, “Obod qishloq” dasturi doirasida rejalashtirilgan ishlarning amalga oshirilishi ovulning yana ham koʻrkam, obod va farovon goʻshaga aylanishiga asos boʻladi.

Mamlakatimiz mustaqilligining 28 yilligini munosib kutib olishni va nishonlashni oʻz oldlariga maqsad qilib qoʻygan qilichboyliklar uchun oʻtayotgan har kunimiz yaratishlar, yangilanishlar va bundyokorliklar bilan kechmoqda.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026