TUMANDA INVESTITsIYa DASTUPI DOIPASIDA QANDAY QUPILIŞLAP AMALGA OŞIPILMOQDA?
Özbekiston Pespublikasining 2019-yilga möljallangan investitsiya dasturi doirasida köplab ijtimoiy obʼektlar qurilişini, rekonstruktsiya va mukammal taʼmirlaş işlarini amalga oşiriş közda tutilgan.
Bizning tumanimizda ham investitsiya dasturi doirasida jami 16 mlrd. 850 mln. sömlik quriliş, rekonstruktsiya va mukammal taʼmirlaş işlari rejalaştirilgan bölib, ayni kunda bu işlar jadal suʼratlar bilan olib borilmoqda.
Bu yilgi investitsiya dasturiga asosan tumanimizdagi 3 ta maktabda 6 mlrd. 172,3 mln. sömlik mukammal taʼmirlaş va rekonstruktsiya qiliş, 3 ta maktabgaça taʼlim muassasasida 7 mlrd. 434,7 mln. sömlik mukammal taʼmirlaş va rekonstruktsiya qiliş, 6 ta lot böyiça 17 ta köp qavatli uylarda 3 mlrd. 243 mln. sömlik rekonstruktsiya işlarini amalga oşiriş, uzunligi 14,65 km. bölgan 4 ta suv tarmoqlari obʼektlarida bahosi 1 mlrd. 432,1 mln. sömni taşkil etadigan taʼmirlaş işlarini amalga oşiriş rejalaştirilgan edi. Mana şu investitsiya dasturi asosida bugungi kunda tumanimizda bir qança bunyodkorlik işlari amalga oşirilayapti.
Jumladan Oybek nomli mahalla hududida joylaşgan 55-sonli maktab binosida “Amudaryo SKB” MÇJ tomonidan qiymati 2 mlrd. 901,6 mln. sömlik, Xolimbeg ovuli hududida joylaşgan 17-sonli maktab binosida “Manğit ideal quriliş” MÇJ tomonidan qiymati 2 mlrd. 114 mln. sömlik rekonstruktsiya işlari, Beştom mahallasi hududida joylaşgan 24-sonli maktab binosida “Karimboyev Şaxboz” MÇJ tomonidan qiymati 1 mlrd. 156,7 mln. sömlik mukammal taʼmirlaş işlari amalga oşirilayapti.
Şuningdek, Qiliçboy ovuli hududida joylaşgan 97-sonli MTM binosida “Amudaryo” maxsus quriliş” MÇJ tomonidan qiymati 3 mlrd. 138 mln. sömlik, Xitoy ovulidagi 18-sonli MTM binosida “Jumurtov tex taʼmir servis” MÇJ tomonidan qiymati 2 mlrd. 150 mln. sömlik mukammal taʼmirlaş işlari, Xolimbeg ovulidagi 48-sonli MTM binosida “MPMK-304” MÇJ tomonidan qiymati 2 mlrd. 146,7 mln. sömlik kapital taʼmirlaş işlari amalga oşirilayapti.
Tumanimizda investitsiya dasturi doirasida köp qavatli turar joy binolarini mukammal taʼmirlaş işlari ham jadal surʼatlarda davom etayapti.
Yangiobod mahallasidagi 14 ta köp qavatli uylarda jami qiymati 2 mlrd. 467,3 mln. sömlik, Boy ovul mahallasidagi 3 ta köp qavatli uylarda qiymati 444,5 mln. sömlik mukammal taʼmirlaş işlarining, şu uylar qoşida 331,21 mln. sömlik bolalar maydonçalari qurilişlarining amalga oşirilayotgani şu joylarda yaşaydigan aholining quvonçiga quvonç qöşayapti.
Tumanda 2019-yilda Investitsiya dasturi doirasida ijtimoiy obʼektlarni quriş, rekonstruktsiya qiliş va mukammal taʼmirlaş işlaridan taşqari aholini toza içimlik suvi bilan taʼminlaş yuzasidan ham qator vazifalar belgilangan edi. Şunga asosan Yangiobod mahallasi hududida 6,3 km. uzunlikdagi, Oybek nomli mahalla hududida 5,4 km. uzunlikdagi va Çordara mahallasi hududida 0,55 km. uzunlikdagi suv quvurlarini tortiş işlari amalga oşirildi. “Manğit servis” MÇJ tomonidan amalga oşirilgan bunday işlar şu joylardagi aholining toza içimlik suvi bilan taʼminlanişida muhim ahamiyat kasb etdi.
Tumanimizda 2019-yilgi investitsiya dasturi asosida amalga oşirilayotgan bunday bunyodkorlik işlari xalqimiz farovonligining yuksalişiga xizmat qilayapti.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶