Amudaryolik yosh ijodkor “Yagonasan, muqaddas Vatan!” tanlovining Qoraqalpogʻiston bosqichida 3-oʻrin gʻolibi boʻldi
Anʼanaviy tarzda har yili oʻtkazib kelinayotgan “Yagonasan, muqaddas Vatan!” respublika koʻrik-tanlovi Vatanga sadoqatni, yurtimizda hukm surayotgan tinch va osoyishta hayot, millatlaro doʻstlik va hamjihatlik, shukronalikni tarannum etuvchi kuy va qoʻshiqlar yaratilishiga, yosh va yangi isteʼdodlarni kashf etishga keng imkoniyat yaratmoqda. Mustaqillik bayrami arafasida tumanda ham keng miqyosda oʻtkazilib kelinayotgan mazkur tanlovda turli yoshdagi iqtidorli ijodkorlar oʻz ijod namunalari bilan qatnashib kelmoqda.
16-iyul kuni Nukus shahrida boʻlib oʻtgan tanlovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida tumanda 1-oʻrin gʻolibligini qoʻlga kiritgan yosh isteʼdod egasi, “Qilichboy” madaniyat markazining doira toʻgaragi rahbari Doniyor Bobojonov ham ishtirok etdi. Yosh, janr va boshqa chegaralar belgilanmagan, ona Vatanni madh etuvchi qoʻshiqlar yaratilishiga imkoniyat berish maqsadida tashkil etilib kelinayotgan mazkur koʻrik-tanlovda u “Oʻzbekiston Vatanim” nomli qoʻshigʻini ijro etdi va Respublika bosqichining 3-oʻrin gʻolibligini qoʻlga kiritdi.

Amudaryolik yosh ijodkor D.Bobojonov koʻrik-tanlov gʻoliblari qatorida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan diplom bilan taqdirlandi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶