17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 09:30
Jamiyat 👁 522

“Shukurjon” xususiy-ijodiy ustaxonasida “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan hududlar loyiha-smeta hujjatlari ishlandi

“Shukurjon” xususiy-ijodiy ustaxonasida “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan hududlar loyiha-smeta hujjatlari ishlandi

Mamlakatimizda keyingi yillari shahar va qishloqlarimizni yanada obod qilish boʻyicha samarali ishlar olib borilmoqda. Shahar va qishloqlarning qiyofasi bunyodkorlik ishlari natijasida tanib boʻlmas darajada oʻzgarmoqda. Tumanimizda ham “Obod qishloq” dasturiga muvofiq juda katta qurilishlar, oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda.

“Shukurjon” xususiy-ijodiy ustaxonasi jamoasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tuman hokimligi belgilab bergan vazifalar asosida dasturga kiritilgan hududlarning bosh reja sxemalari tayyorlandi. Asosiy koʻchalar boʻylab joylashgan turar-joylar, bino va inshootlar tashqi koʻrinishlarining oldingi va keyingi holati koʻrsatilgan yoyilmalar batafsil ishlab chiqildi. Tuman obodonlashtirish boʻlimi va fuqarolar hisobidan turar joylarning tomini yangilash va tashqi qismini pardozlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari tayyorlab berildi.

Oʻtgan yili “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan markazlashgan mablagʻlar hisobidan bajariladigan obʼektlar Nazarxon ovulidagi qishloq vrachlik punkti, 3-sonli umumtaʼlim maktabi va 10-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi, Qipchoq shaharchasidagi 11-sonli umumtaʼlim maktabini kapital taʼmirlash hamda 2-sonli maktabgacha taʼlim muassasasini rekonstruktsiya qilish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari, shuningdek, mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan Nazarxon ovuli va Qipchoq shaharchasi maʼmuriy binolarini kapital taʼmirlash va shu kabi boshqa bir qancha bino, inshootlarni joriy taʼmirlash loyihalari tayyorlandi.

Mazkur yilda ijodiy ustaxona jamoasi tomonidan “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan uchta qishloq, yaʼni Beshtom mahallasi Choykoʻl va Qilichboy ovullarining bosh reja sxemalari tayyorlandi. Oʻtgan yildagidek asosiy koʻchalar boʻylab joylashgan turar joylar, bino va inshootlar tashqi koʻrinishlarining oldingi va keyingi holati koʻrsatilgan yoyilmalar batafsil ishlab chiqildi.

Markazlashgan mablagʻlar hisobidan bajariladigan obʼektlardan Beshtom mahallasida 24-sonli umumtaʼlim maktabini kapital taʼmirlash, Choykoʻl ovulida 22-sonli 540-oʻrinli umumtaʼlim maktabini rekonstruktsiya qilish, 60-oʻrinli 16-sonli maktabgacha taʼlim muassasi, 90-oʻrinli 36-sonli maktabgacha taʼlim muassasasini rekonstruktsiya qilish, 50-oʻrinli 30-sonli maktabgacha taʼlim muassasasini kapital taʼmirlash, Qilichboy ovuli hududidagi 554-oʻrinli 34-sonli umumtaʼlim maktabini rekonstruktsiya qilish hamda 60-oʻrinli 22-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi, 125-oʻrinli 27-sonli maktabgacha taʼlim muassasalarini rekonstruktsiya qilish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari tayyorlandi. Ayni paytda shu smeta asosida pudratchilar tomonidan qurilish ishlari olib borilmoqda.

Mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan quriladigan Beshtom mahallasi, Choykoʻl va Qilichboy ovullarining maʼmuriy binolarini kapital taʼmirlash hamda tadbirkorlar tomonidan quriladigan savdo, maishiy xizmat koʻrsatish bino va inshootlarining loyiha-smeta hujjatlari ham tayyorlab berildi.

Hozirgi kunda hususiy korxonada 16 nafar malakali muhandis va arxitektorlar mehnat qilmoqda. Korxonamiz faoliyat olib borish uchun zarur boʻlgan zamonaviy kompyuter va tashkiliy texnikalar, plotter va printerlar bilan taʼminlangan. Loyihalar “CorelDRAWx3” va “AutoCAD” dasturlari asosida, smeta hujjatlari esa “TN qurilish” dasturlari asosida ishlanmoqda.

Yurtimizda dunyoga dongʻi ketgan meʼmor va quruvchilar yashab oʻtgan. Ming yillar mobaynida oʻz koʻrkini yoʻqotmagan tarixiy obidalarimiz haliga qadar jahon ahlini lol qoldirib kelmoqda. Biz ham ajdodlarimiz izidan borib, ularga munosib boʻlishga harakat qilamiz.

X.OʻROZOQOV, loyihalar bosh muhandisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026