Nogironligi boʻlgan fuqarolar yangi xonadonlarga ega boʻlishdi
Prezidentimiz tashabbusi bilan uysiz, kam taʼminlangan, nogiron va boquvchisini yoʻqotgan oilalarni uy-joy bilan taʼminlash ishlari amalga oshirilmoqda. Shahar va tumanlarda bunyod etilayotgan zamonaviy turar joylar ularga imtiyozli ravishda berilmoqda.
26-iyun kuni Toshyop ovulidagi “Yangiobod-1” mavzesida “Amudaryo maxsus qurilish” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan 4 mlrd. 234 mln. soʻmdan ziyod mablagʻ evaziga qurib bitkazilgan 2 qavatli, 16 xonadonli 2 ta uy foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali marosimda Oʻzbekiston Respublikasi bosh prokurori oʻrinbosari E.Tajiyev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori X.Karimov, Prezidentning Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi Xalq qabulxonasi boshligʻi H.Halimov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Z.Ibragimova, tuman hokimi S.Yoʻldashev hamda davlat va jamoat tashkilotlari rahbar va masʼul xodimlari qatnashishdi.
Tadbirda uy-joyga ehtiyojmand nogironligi boʻlgan fuqarolarning roʻyxati tegishli ishchi guruhlarning oʻrganishlari, xalq qabulxonalari va mahalliy hokimliklarga tushgan murojaatlar asosida maxsus ishchi komissiya tomonidan shakllantirilganligi, Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimiz boʻylab amalga oshirilayotgan bunday ezgu ishlar barchaga xursandchilik bagʻishlash bilan birga, oʻzgalar koʻmagiga muhtoj insonlarning hayotga qiziqishini oshirayotganligi, ertangi kunga ishonchni mustahkamlayotganligi, roʻy berayotgan oʻzgarish va yangilanishlar, bunyodkorlik ishlarida yanada faol ishtirok etishga ruhlantirayotganligi haqida soʻz yuritildi.
Shundan soʻng, 16 nafar nogironligi boʻlgan va nogiron farzandlari bor fuqarolarga Prezident sovgʻasi - yangi xonadonlarning kalitlari topshirildi. “Yoshlar oyligi” doirasida 3 nafar yosh oilaga ham mazkur turar joylardan yangi xonadonlar berildi.
Uy topshirish marosimi katta toʻy, shodiyonaga aylandi. Yangi xonadon egalarining quvonchi tuman Madaniyat boʻlimi sanʼatkorlari ijrosidagi shoʻx qoʻshiq va dilrabo raqslarga ulanib ketdi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶