17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 10:41
Jamiyat 👁 762

XOTIPALAPGA KOʻChGAN UMP

XOTIPALAPGA KOʻChGAN UMP

Yaxshi odamning qisqa umridan manguliklar qoladi. Ha, elim deb, eldoshlariga qayishib, ertasi farovon boʻlishi uchun kurashib yashaganlar oʻlmaydi, ularning hayoti xotiralarga koʻchadi, xolos.

Oliy maʼlumotli muhandis-quruvchi, siyosatshunos, iqtisod fanlari nomzodi, “Shuhrat” medali va Qoraqalpogʻiston Pespublikasida xizmat koʻrsatgan iqtisodchi unvoni sohibi, hayotining soʻnggi 18-yilini tumanimizga rahbarlik qilib, hududimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga, aholi turmushi farovonligini oshirishga baxshida qilgan Pajapboy Yoʻldoshev ham tirikligida oʻz mehnatlari bilan oʻziga mangulik haykal oʻrnatib ketgan edi, desak aslo mubolagʻa boʻlmas.

Uni tumanimizning yosh-u keksasi birday hurmat qilar, el uchun fidoyilik bilan qilayotgan mehnatini yuksak qadrlar edi.

Pajapboy Yoʻldoshev tumanimiz aholisi qalbida qattiqqoʻl, talabchan, ammo kamtar, gʻamxoʻr el ogʻasi sifatida ham joy olgan edilar. U kishi tumanimiz aholisining koʻpchiligini tanir, uchrashganda hazil-mutoyibani ham joyiga qoʻya oladigan xushtabiatli inson edilar. Yaqinlari, doʻstlari, sinfdoshlari bilan diydorlashib turishga eng dolzarb pallalarda ham vaqt ajrata olar, birpasgina oʻtirishganida ham ularning koʻnglini oʻz hurmatidan, mehridan bahramand eta olar, davralarga yorugʻlik olib kirardi.

Shu boisdan-da bugun u kishini eslaydigan, haqiga duo qiladiganlar koʻp.

Shu yilning 19-iyunida 20 maktabni 1969-yilda tugatgan sobiq sinfdoshlar maktabni tugatganlariga 50-yil toʻlishi munosabati bilan oʻtkazgan uchrashuvini dastlab oralaridan bevaqt ketgan sodiq doʻsti Pajapboy Yoʻldoshev xotirasini yod etish bilan boshladilar. Maktab binosida yigʻilgan qadrdonlar avvalo Pajapboy Yoʻldoshev qabrini ziyorat qilib, poyiga guldastalar qoʻydilar. Qurʼon tilovat qilindi, har biri oʻziga xos u haqdagi xotiralarini soʻzladilar.

Ellik yildan soʻng oʻzlari taʼlim olgan maktab bagʻrida diydorlashish uchun mamlakatimizning turli burchaklaridan yetib kelgan sobiq sinfdoshlar har biri oʻziga togʻday suyanchiq bilgan, samimiy va gʻamxoʻr bolalik doʻsti – Pajapboy Yoʻldoshev xotirasiga atab ehson oshi berishdi.

–  Bizni birinchi sinfdan oʻqitgan, boshlangʻich sinf oʻqituvchimiz Latipova Zipa opa asli juda inoq qilib tarbiyalagan edilar, – deya xotirlaydi tadbir tashkilotchilaridan biri Sobir Kenjayev. – Ana shu tarbiyaning mevasi – hozir ham sobiq sinfdoshlar bir-birimizdan ayrilganimiz yoʻq. Sinfimizda Pajapboyning oʻrni alohida edi. Keyinchalik oliygohni tugatib, turli qurilish tashkilotlarida, tumanimiz ijroiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, Nukus tumani ijroiya qoʻmitasi raisi, Amudaryo tumani ijroiya qoʻmitasi raisi, Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Vazirlar Kengashi Paisi, Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Paisining oʻrinbosari, tumanimiz hokimi boʻlib ishlagan vaqtlarida ham sobiq sinfdoshlar quvongan damlarida ham, qiynalgan damlarida ham birga boʻldi, men falonchiman, deb turmay, doim toʻy-maʼrakalarga kelsa, menga nima xizmat bor, derdi.

Men unga senga ulkan xizmat bor, birpas oʻtiraylik, deya hazillashardim.

Amudaryoday ulkan tuman rahbarlaridan biri boʻlgan odamning bir sinfdosh qizining oʻgʻlining toʻyiga Ashxobodday joyga borganining oʻzi uning qanchalik kamtarin, samimiy doʻst boʻlganini isbotlay oladi. Bu – 1984-yil boʻlgandi. Bozorgul ismli sinfdosh qizimiz Ashxobodda oʻqib, oilasi bilan shu yoqda yashab qoldi. U qishlogʻimizga, ota-onasinikiga har kelganida biz sobiq sinfdoshlar toʻplanib koʻrgani borardik, suhbatlashib toʻymasdik. Oʻsha yili u oʻgʻliga toʻy qildi. Shunda Pajapboy, men, yana olti nafar sinfdoshlar turmush oʻrtoqlarimiz bilan Ashxobodga toʻyga borganmiz. Hazil-mutoyiba bilan olis yoʻl azoblarini ham sezmaganmiz. Oʻsha vaqtda Pajapboy Yoʻldoshev tumanimiz ijroiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari lavozimida edi. U hech qachon oyogʻi yerdan uzilmagan, biron kun eldan, doʻstlaridan ayro yashamagan odam edi.

Pajapboy Yoʻldoshevni xotirlash marosimida sobiq sinfdoshlaridan tashqari, ularga taʼlim-tarbiya bergan ustozlari Pimboy Bekatov, Gulchehra Matmurodova, Dilorom Ahmedovalar ham ishtirok etishib, u haqdagi xotiralarini soʻzladilar. Xotira kechasi sobiq sinfdoshlarning maktabni tugatganlariga 50-yil toʻlishi munosabati bilan tashkillashtirilgan diydorlashuv tadbiriga ulanib ketdi.

Diydor lahzalari... naqadar totli onlar. Biroq ular davrasida bir doʻst oʻrni boʻsh – oramizdan bevaqt ketgan Pajapboy Yoʻldoshev nafaqat doʻstlari, balki, tumanimizning barcha aholisi qalbida mangu yashaydi.


Oygul PAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026