Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilari uchun seminar-trening oʻtkazildi
Davlat talablari va “Ilk qadam” variativ oʻquv dasturini amaliyotga tatbiq qilish maqsadida tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilari uchun seminar-trening tashkil qilindi.
15-iyun kuni tumandagi “Amu quyoshi” nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida oʻtkazilgan seminar-treningga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi masʼul xodimlari Ravshan Idrisova va Zamira Yerejepova boshchiligidagi “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablari” va “Ilk qadam” oʻquv dasturi asosida malaka oshirib kelgan 30 nafar ilgʻor pedagoglardan tashkil qilingan trenerlar tashrif buyurishdi. Ular 5 ta guruhga boʻlingan holda mashgʻulot oʻtkazishdi. Mashgʻulotlarda tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 210 nafar tarbiyachilari qatnashishdi.


Seminar-treningda asosan “Ilk qadam” oʻquv dasturini amaliyotga tatbiq etish, davlat talablarining bajarilishi, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim Vazirligining 183-sonli buyrugʻi asosida tarbiyachilarning ish hujjatlarini yuritish boʻyicha keng qamrovli tushunchalarni berildi. Tarbiyachilar bu boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollarni berdilar va kerakli maʼlumotlarga ega boʻldilar.
Muloqot tarzida oʻtgan seminar-trening qiziqarli tafsilotlarga boy boʻldi.

D.Abdurahmonova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶