NOGIRONLIGI BOʻLGAN FUQAROLAR HAMIShA EʼTIBORDA
15-iyun kuni tuman hokimligi binosida toʻrtta sektor rahbarlari, ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, idora va korxonalar, jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda aholi vakillari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda nogironligi boʻlgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, yashash va dam olish sharoitlarini yaxshilash, oʻz qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun zarur imkoniyatlar yaratish boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar xususida tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshev batafsil toʻxtalib oʻtdi.

Shuningdek, yigʻilishda 3-sektor rahbari Dilshod Ibragimov, 4-sektor rahbari Botir Kamolovlar ham soʻzga chiqishib, tumanimizda nogironligi boʻlgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash, ularning hayotiga oid muammolarni hal etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida soʻz yuritdilar.
Yigʻilishda tuman hokimligi tomonidan 50 nafar nogironligi boʻlgan yurtdoshlarimizga nogironlik aravachalari berildi.
Dildora ABDURAHMONOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶