“KORRUPTsIYa – ADOLAT KUShANDASI” MAVZUSIDA INShOLAR TANLOVI OʻTKAZILDI
Kasb-hunar taʼlimi Markazining 2019-yil 27-maydagi 269-sonli buyrugʻi asosida joriy yilning 15-iyun kuni barcha kasb-hunar kollejlarining 3-bosqich oʻquvchilari oʻrtasida “Biz yoshlar yurtimizga xizmat qilishda vijdonli, insofli va halol boʻlishimiz shart!” shiori ostida “Korruptsiya – adolat kushandachi” mavzusida Respublika insholar tanlovi oʻtkazildi.
Asosiy maqsadi – yoshlarning korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha bilimlarini yanada mustahkamlash, huquqiy savodxonligi va madaniyatini oshirish, yoshlarimizni davlat va jamiyat hayotining barcha sohalaridagi mavjud korruptsiyadan ogohlantirish, korruptsion huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etish hamda ularga korruptsion huquqbuzarliklar sodir etilgani uchun jazo muqarrar ekanligini chuqur anglatishdan iborat boʻlgan ushbu tanlov yoshlarda juda katta qiziqish uygʻotdi.

Tanlovda Mangʻit iqtisodiyot kollejining 3-bosqich oʻquvchilaridan 291 nafari faol ishtirok etishib, oʻz insholarida jamiyatimizda korruptsiyaning oldini olish, barchaning halol ishlashini taʼminlash, bozor iqtisodiyotini yanada rivojlantirish, tadbirkorlar oldida turgan byurokratik toʻsiqlarga barham berish, xalqimizning sogʻlom turmush tarziga halaqit berayotgan toʻsiqlarni bartaraf etish borasida oʻz shaxsiy fikrlarini ijodiy tarzda bayon etishga erishdilar.
Insholar tanlovi gʻoliblari kollej maʼmuriyati hamda hamkor tashkilotlar faxriy yorliqlari va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶