YoSh SARDORBEKNING IQTIDORI TOBORA YuKSALMOQDA
Tuman “Barkamol avlod” bolalar markazining boshlangʻich texnik modellashtirish toʻgaragida 2-yildan beri rahbar boʻlib ishlab kelayotgan Azizbek Nurjonov markaz toʻgaraklarida shugʻullanayotgan bolalarning robotexnikalar modellarini yaratishga qiziqishlari kuchli ekanligini hisobga olib, rahbariyat yoʻllanmasi bilan shu sohada malaka oshirib keldi. Markazga 7,5 mln. soʻmlik konstruktorlik toʻplamlari olindi va robotexnika va elektron oʻyinchoqlar toʻgaragi faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Oradan koʻp vaqt oʻtmay, mazkur toʻgaraklar aʼzolari kompyuterda turli konstruktsiyalar yasash koʻnikmasiga ega boʻldilar.

Yaqinda 38-sonli maktab oʻquvchisi, toʻgarak aʼzosi Sardorbek Nazarboyev yasagan kvadrattsikl ayniqsa, koʻpchilikning eʼtiborini tortdi. U bundan avval ham markaz oʻquvchilar orasida oʻtkazilgan “Mening birinchi modelim” tanlovida muvaffaqiyatli qatnashgan, respublika “Barkamol avlod” bolalar markazlari toʻgaraklari aʼzolari orasida oʻtkazilgan “Ijodkor bolalar” festivalida tumanda birinchi, Qoraqalpogʻistonda ikkinchi oʻrinni egallagan edi.
Toʻgarak mashgʻulotlarida qunt bilan shugʻullanayotgan Sardorbek yangi-yangi robotexnik kostruktsiyalar yasash niyatida.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶