17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 10:41
Jamiyat 👁 774

ULKAN YOʻL BOShIDA

ULKAN YOʻL BOShIDA

Maktab! Har birimiz shu qutlugʻ dargoh ostonasida oʻyinqaroq, begʻam bolalikni ortda qoldirib, ilm dunyosi sari ilk qadam qoʻyamiz. Qoʻlimizga ilk bor qalam tutqazib, harf tanitgan, yozuvni oʻrgatgan, haqiqiy inson boʻlib voyaga yetish uchun shuurimizga ilm olish ishtiyoqini muhrlagan ustozlarimiz bizni yangi dunyoga yetaklab, porloq kelajak sari yoʻllaydi.

-Biz bugun Mangʻit shahridagi 38-sonli umumtaʼlim maktabining 11-sinfini tamomlash va mustaqil hayotga uchirma boʻlish arafasidagi bir palaponi, intiluvchan ijodkor, maktablar oʻquvchilari orasidagi koʻpgina koʻrik-tanlovlar, bilimlar sinovlari gʻolibi, oʻziga xos mushohadaga boy, ajoyib tashbehlar ila goʻzal tuygʻular ifoda etilgan sheʼrlari, hikoyalari bilan nafaqat tumanimizda, balki respublikamizda oʻz muxlislariga ega Iroda Yerdosheva haqida soʻz yuritamiz.

Iroda 2002-yilda Mangʻit shahrining Oybek nomli mahallasida tugʻildi. Zehni juda oʻtkirligi, tengqurlariga nisbatan chaqqonligi bois, uni bobo-buvisi maslahatlashib, olti yoshidan 38-sonli maktabning 1-sinfiga berishdi.

Irodaning tolei shuki, unga boshlangʻich sinflarda juda bolajon, oʻz kasbining fidoyisi boʻlgan Gulnora Rahimova dars berdi. U maktabda oʻtgan dars mashgʻulotlarini bobosi, 44-yil 31-maktabda oʻquvchilarga taʼlim-tarbiya bergan Qurbonboy Yerdoshev (Xudo rahmatiga olgan boʻlsin!) uyida mustahkamlar, ertaklar aytib, kichik-kichik hikoyalar oʻqib berib, uning fanlarni yaxshi oʻzlashtirishiga, adabiyotga qiziqishlarini oshirishga harakat qilardi. Boshlangʻich sinflarda oʻqib yurgan vaqtlaridayoq ilk sheʼrlarini yozdi, bobosi uni quvona-quvona “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyatiga yetaklab keldi.

Iroda yuqori sinflarga oʻtgach, uning ijodiy ishlarining birinchi oʻquvchisi sinfdosh doʻstlari, ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Nazira Usmonova boʻldi. Nazira Irodaning oʻz faniga qiziqqani, yana oʻziga xos badiiy pishiq sheʼr, hikoyalar mashq qilgani uchun darsdan tashqari ham boʻsh vaqtlarida u bilan alohida shugʻullanib, iqtidorini rivojlantirishga, fanni chuqur oʻzlashtirishiga intildi. Natijada Iroda Yerdosheva har bir oʻquv yilini muvaffaqiyatli tamomlab, maktab maʼmuriyatining tashakkurnomalari, “Faxriy yorliq”lari bilan taqdirlanardi. U 2016-yilda “Kamalak yulduzlari” Bolalar ijodiyoti festivalining mamlakat bosqichi “Gʻ” yoʻnalishida gʻolib boʻldi, shu yili Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Respublika bolalar kutubxonasi hamkorlikda taʼsis etgan “Mustaqillik madhi bolalar ijodida” nomli Respublika ijodiy ishlar koʻrik-tanlovida faol ishtirok etib, “Faxriy yorliq” bilan taqdirlandi. 2017-yil tuman maktablari oʻquvchilari orasida oʻtkazilgan “Jaholatga qarshi maʼrifat” deb nomlangan ijodiy ishlar koʻrik-tanlovida 3-oʻrinni, “Iqtidorim – iftixorim” nomli ijodkor yoshlar tanlovida 3-oʻrinni egalladi.

Shuningdek, u “Taraqqiyot koʻzgusi” va “Mening oilam” gazetalari, “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan oʻtkazilgan qator ijodiy ishlar tanlovlarida ham faxrli oʻrinlarni egallab kelmoqda. 2018-yilda Respublika oʻquvchi qizlar Innovatsion sammitida muvaffaqiyatli ishtirok etgani uchun Respublika Xalq taʼlimi vazirligining maxsus Sertifikatini olishga, 2018-yilda “Taraqqiyot koʻzgusi” va “Mening oilam” gazetalari tahririyatlari bilan faol hamkorlik qilib, xalqimiz turmush tarzida yuz berayotgan ijobiy oʻzgarishlar haqidagi maqolalari, yoshlarni vatanparvarlik va milliy istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qiluvchi sheʼrlari bilan tuman matbuoti rivojiga qoʻshgan hissasi uchun gazeta tahririyati tashakkurnoma bilan taqdirlagan olti nafar jamoatchi muxbirlarning biri boʻldi.

Irodani bugun tumanimiz yoshlari yaxshi bilishadi, unga havas qilishadi. 2014-yilda “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tashkil etilganligining 80 yilligi munosabati bilan nashr etilgan shu nomdagi toʻplamda, 2016-yilda nashr etilgan “Jayxun jilgʻalari”, 2018-yilda nashr etilgan “Yoshlik mavjlari” nomli toʻplamlarda va davriy nashrlarda yoritilgan sheʼrlari, hikoyalari bilan muxlislari eʼtiborini qozona oldi.

Iroda Yerdoshevaning sheʼr, hikoyalari Amudaryo tumani ommaviy axborot vositalaridan tashqari Respublika miqyosida nashr etilayotgan “Gulxan”, “Gʻuncha” jurnallari, “Qarligʻash”, “Jetkinshek”, “Qoʻngʻiroq” kabi bolalar va yoshlar gazetalarida ham chop etilgan.

Iroda Yerdosheva oʻtgan vaqtlar davomida tumandagi mavjud ijodiy muhitdan bahra olib, ulgʻaydi, koʻplar havas qilgulik yosh ijodkorga aylandi.

Uning “Mehr chashmasi” nomli ilk sheʼriy kitobini oʻqisangiz – bunga oʻzingiz ham amin boʻlasiz.

Bugun ulkan yoʻl boshida, 11-yil taʼlim-tarbiya olgan maktabi bagʻridan uchirma boʻlish arafasida turgan Iroda Yerdoshevaning kelajak uchun rejalagan orzu-niyatlari koʻp: avvalo oliy taʼlim olib, soʻngra, el-yurtimizga xizmat qilish.

Biz ham Irodaning orzulari ushalishiga tilakdosh boʻlib qolamiz.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026