“IBPATLI OILA” KÖPIK-TANLOVI IBPATLI OILALAP KÖPAYIŞIGA XIZMAT QILADI
Oila – hayot abadiyligini, avlodlar davomiyligini, kelgusi avlodlarning munosib insonlar bölib voyaga yetişini taʼminlaydigan muqaddas maskandir. Şu boisdan ham oilaga eʼtiborni kuçaytiriş, uni ijtimoiy himoyalaş, eʼzozlaş, qöllab-quvvatlaş dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
Özbekiston Pespublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tuman bölimi, Xotin-qizlar qömitasi, fuqarolarning özini özi boşqariş orgunlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça tuman Kengaşi hamkor taşkilotlar bilan birga 2019-yilning may-dekabr oylari oraliğida ötkazayotgan 4 bosqiçdan iborat “Ibratli oila” körik-tanlovi ham oilalar mustahkamligi, uning tarbiyaviy ahamiyatini oşirişga xizmat qiladi.
Bunda oilaning içki munosibatlari, yoşlarni oilaviy hayotga tayyorlaşga, oilaviy ajrimlarning oldini olişga, oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilişga, turmuş tarzini yuksaltirişga, oilaning mustahkam bölişida va bolalarning yaxşi tarbiya körib ulğayişida ota-onaning örni va masʼuliyatini oşirişga alohida eʼtibor qaratilgan.
Körik-tanlov 4 ta bosqiçda - mahalla bosqiçi 10-mayga, tuman bosqiçi 1-iyunga, hududiy bosqiç 1-avgustga, respublika bosqiçi esa 1-noyabrga qadar ötkazilişi rejalaştirilib, quyi bosqiçlari faollik bilan ötkazildi.
Tanlovning birinçi şartida iştirokçilar işçi guruh tomonidan joylarga çiqib örganib, körik-tanlov iştirokçisiga qöyilgan talablar yuzasidan baholandi.
“Bu mening oilam” deb nomlangan ikkinçi şartda iştirokçi oilalar özlarining jamiyatda tutgan örni, oila tarkibi, kasb-kori, sevimli maşğuloti, özaro munosabatlar, oiladagi anʼana va qadriyatlarni aks ettirgan videorolik namoyiş etadilar.
Uçinçi – “Oila muqaddas qörğon” deb nomlangan şartda iştirokçilar örtasida Özbekiston Pespublikasi Konstituttsiyasi, “Oila” Kodeksi, oila institutini mustahkamlaş yuzasidan qabul qilingan meʼyoriy hujjatlar va maʼnaviy-maʼrifiy yönalişda tuzilgan tezkor savol-javoblar asosida viktorina ötkaziladi.
“Oila mustahkamligi – yurt tinçligi” mavzusida sahna körinişi namoyiş etiş körik-tanlovning törtinçi şartidir. Bunda oilaviy hayotda uçraydigan muammoli holat olinib, bartaraf etiş yöllari 5 daqiqadan oşmagan vaqtda körsatib beriladi.
“Ibratli oila” körik-tanlovining barça bosqiçlarida 1-,2-,3-örin ğoliblari aniqlanib, ular taşkilotçilari tomonidan diplom va sertifikat, esdalik sovğalari bilan taqdirlanadi.
Şubhasiz, ötkazilayotgan körik-tanlov ibratli oilalar soni oşişiga, oila quriş arafasidagi yigit-qizlarga oila muqaddasligini singdirişga xizmat qiladi.
O.PAJABOVA.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶