1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni keng nişonlandi (+foto, video)
Bolaning beğubor kulgusidan, samimiy quvonçidan butun olam şodlikka töladi. Mehr riştasi bölgan bolajonlar bilan oilalar çaroğon, hayot gözal va nurafşondir.
Butun dunyoda 1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni deb belgilangan bölib, uşbu kun jajji kiçkintoylarning bayrami sifatida keng nişonlanadi. Köpçilik mamlakatlar va şaharlarda esa bu bayram bolalar huquqlari va ularni himoya qiliş haqida munozara va maʼruzalar ötkaziş bilan nişonlanadi. Bolalar kunida sport musobaqalari, kontsertlar, köngiloçar şoular ötkaziladi. Yurtimizda ham bolalar uçun turli-tuman quvnoq va madaniy-ommaviy tadbirlar taşkillaştiriladi.
1-iyun kuni Manğit şahridagi Istirohat boği ertalabdan bolajonlar bilan gavjum böldi. Mazkur maskanda Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuniga bağişlab “Har bir bolaga mehr, eʼtibor!” deb nomlangan katta tadbir ötkazildi. Tadbirda tuman hokimi örinbosari, Xotin-qizlar qömitasi raisi M.Ahmedova, tuman hokimining yoşlar masalalari böyiça örinbosari A.Yöldoşev hamda mutasaddi taşkilotlarning rahbar va masʼul xodimlari bolajonlarni sana munosabati bilan samimiy qutlab, istiqbol egalariga porloq kelajak tiladi. Söngra bolajonlarga bayram sovğalari ulaşildi.
Bayram tadbiri keng qamrovda ötkazilib, unda maʼnaviy-maʼrifiy, intellektual öyinlar, sportçilar çiqişlari namoyiş etildi. Tuman Madaniyat bölimi, Bolalar musiqa va sanʼat maktablari, “Barkamol avlod” bolalar ijodiyot markazining iqtidorli yoşlari, umumtaʼlim maktablari va maktabgaça taʼlim muassasalari tarbiyalanuvçilari tomonidan kuy-qöşiq va şeʼrlar, gözal raqslar ijro etildi. Turli ertak va multfilm qahramonlari ham bayramga taşrif buyurgan bolajonlarga quvnoq va kötarinki kayfiyat ulaşişdi.
Istirohat boğida örnatilgan ajoyib attraktsionlar bayram kuni bolajonlarga beminnat xizmat qildi. Kötarinkilik bilan ötgan bayram tadbirida ozod va obod, jannatmakon yurtda tuğilib, heç kimdan kam bölmay ulğayayotgan jajji bolajonlar miriqib hordiq çiqarişdi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶