“Kamalak” bolalar tashkiloti tomonidan XVIII anʼanaviy anjuman oʻtkazildi
30-may kuni Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi qoshidagi “Kamalak” bolalar tashkiloti tomonidan XVIII anʼanaviy anjuman oʻtkazildi.
“Vatan, doʻstlik va baxtli bolalik uchun!” Shiori ostida boʻlib oʻtgan anjuman doirasida “Kamalak” bolalar tashkiloti faoliyatini yanada takomillashtirish, bolalar tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy faoliyat turlarini qoʻllab-quvvatlash, tashkilot aʼzolari faoliyat tizimini mutahkamlash hamda ijtimoiy nufuzini oshirish borasidagi ishlari bilan tashkilotning rivojiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan faol sardorlarni statuetka va faxriy yorliqlar bilan taqdirlash marosimi ham oʻtkazildi. Unda kelajakda ona Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshidigan, shuningdek, yetuk mutaxassislar boʻlib yetishishga oʻz intilishlari, alohida iqtidor va qobiliyatlarini namoyon etishga qodir, izlanuvchan yoshlardan 18 nafar sardorlarga koʻkrak statuetkasi va yoshlar ittifoqi tuman Kengashining faxriy yorliqlari tantanali ravishda topshirildi.
Anjumanda OʻzYoI tuman Kengashi rahbari M.Shermetov, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman Kengashi raisining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari O.Ibragimov, OʻzYoI tuman Kengashi qoshidagi “Kamalak” bolalar tashkiloti rahbari J.Davletov, tuman Xalq taʼlimi masalalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi uslubchi-defektologi S.Bozorboyevalar yoshlar bilan samimiy muloqotda boʻlib, ularning orzu-istaklari boʻyicha suhbatlashdilar.
Haqiqiy doʻstlik, ona Vatan, baxtli bolalik madh etilgan anjuman har bir ishtirokchi qalbida tugʻilgan yurtga muhabbat, millatlararo doʻstlik va birdamlik tuygʻularini yanada mustahkamladi. Zero, qalblarda ana shu tuygʻular hukmron boʻlsa, baxt quyoshi boshimiz uzra mangu charaqlayveradi.
Robiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶