Toshkent, Samarqand va Shahrisabz shaharlaridagi kasb-hunarga qayta oʻqitish mintaqaviy markazlariga oʻqishga taklif qilamiz
10 oy davom etadigan oʻquv kurslarida Siz belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha kasblarni chuqurlashtirilgan holda oʻrganib, amaliyotda bilimlaringizni sinovdan oʻtkazasiz va shu kasbning malakali mutaxassisi boʻlib yetishasiz. Oʻquv kurslari davomida stipendiya toʻlanadi.
Toshkent va Shahrisabz shaharlaridagi markazlarida hujjatlar 2019-yil 15-maydan 15-iyungacha, Samarqand shahridagi markazda esa 2019-yil 10-iyuldan 10-avgustgacha qabul qilinadi.
Agar Siz
Avtomobillarni taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish;
Payvandlash va chilangarlik ishlari;
Elektr, elektrotexnika va avtomatlashtirish;
Axborot texnologiyalari;
Mashinasozlik ishlab chiqarish texnologiyasi;
Metallga ishlov berish va chilangarlik;
Yigiruv ishlab chiqarishi texnologiyasi;
Tikuv jarayoni texnologiyalari kabi kasblar boʻyicha ishlashni xohlasangiz, tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markaziga murojaat qiling.
Murojaat uchun telefon 61-515-42-89, 97-751-59-01.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶