“Farzandlik burchim” loyihasi doirasida Yoshlar ittifoqi faollari urush faxriylari xonadonlariga tashrif buyurishdi
Yoshlar ittifoqi Amudaryo tuman Kengashi tomonidan 9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Farzandlik burchim” loyihasi tashkil qilindi. Loyiha doirasida Ittifoq faollari tumandagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, faxriylar Yoʻldosh ota Ortiqov, Oʻtamurod ota Bozorboyev hamda Sobir ota Nurullayevlarning xonadonlariga borib, holidan xabar olishdi.
Uchrashuvda nuroniylar yoshlarga urush xotiralaridan soʻzlab berishdi. Tinch-osoyishta hayotning, ogohlikning qadri, farovon turmushning hikmati, fidoyilik kabi insoniylik fazilatlari xususida ham gapirishdi. Yoshlarni Vatanga munosib farzandlar boʻlib voyaga yetishga, farovonlikni, osuda hayotni qadrlashga undagan otaxonlarga Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi tomonidan tayyorlangan esdalik sovgʻalari topshirildi.
Urush faxriylari va ularning oila aʼzolari bu uchrashuvdan nihoyatda mamnun boʻlishdi.
M.Oʻrazimbetov, ittifoqi tuman Kengashi bosh mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶