TOShYoP OFY PAISI SAYLANDI
Ayni kunlarda mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon – fuqarolar yigʻinlari raislari saylovi davom etmoqda. Fuqarolar ushbu muhim tadbirga faol munosabat bildirib, oʻzlarining vakillari orqali fuqarolar yigʻini raisiligiga koʻrsatilgan nomzodlarning ichidan eng munosiblari saylanishiga harakat qilishmoqda.
Shu yilning 14-mayida Toshyop ovul fuqarolar yigʻini raisi saylovini oʻtkazishga bagʻishlangan fuqarolar vakillarining yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda 225 nafar fuqarolar vakillarining 183 nafari, saylovni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tuzilgan 9 nafar ishchi guruhdan tashqari, saylovni oʻtkazishga koʻmaklashuvchi tuman komissiyasi aʼzolari, tuman hokimligi masʼul xodimlari, hududdagi korxona-tashkilotlarning rahbarlari ishtirok etdilar.
Ovul fuqarolar yigʻini raisi sayloviga bagʻishlangan vakillar yigʻilishini ishchi guruh raisi Oʻmirboy Bobotoyev olib bordi.
Vakillar yigʻilishida koʻpnomzodlilik asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan ovul fuqarolar yigʻini raisligiga eng koʻp ovoz toʻplagan Sobirova Gulshod Janonbekovna saylandi.
Vakillar yigʻilishi soʻngida yangi saylangan ovul fuqarolar yigʻini raisi Gulshod Sobirova soʻzga chiqib, oʻziga yuksak ishonch bildirgan fuqarolar vakillariga minnatdorchilik izhor etdi va ovul turmushi obod boʻlishi, aholi tinch-osoyishta, farovon yashashi uchun butun kuch-gʻayratini safarbar etishini aytdi.
O.PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶