MENING BOBOM URUSh FAXRIYSI EDILAR
Har yili 9-may – Xotira va qadrlash kuni bizning xonadonimizda oʻzgacha ruhda nishonlanadi: barcha farzandlar, nevara, chevaralar yigʻilishib, bobom Nasrulla Abdiyevni, buvim Saodat Abdiyevani eslaymiz, haqlariga duo qilamiz.
Bobom Qangli ovulida savod-li kishilar xonadonida dunyoga kelgan ekanlar. Katta hovlida toʻrt aka-uka oilasi birga yashashgan. Bobom 13-14 yoshlarida otalarini eshonlar avlodi, deya molmulklarini musodara qilgan, oʻzlarini tazyiq ostiga olishgani uchun Turkmaniston Respublikasi hududiga koʻchib oʻtgan ekanlar. Bobom u yerda oʻqib, savod chiqargan. 1942-yilda Ikkinchi jahon urushiga ketib, 1944-yilda yarador boʻlib qaytib kelganlar, yuksak jangovar qobiliyati va janglarda koʻrsatgan matonati uchun qator orden, medallar olganlar.
Bobom 1969-yilda yana oʻzimizning ovulimizga oilasi bilan qaytib, shu yerda qarindoshlarimiz qurshovida umrguzaronlik qilganlar, qishloq xoʻjaligi sohasida mehnat qilib, 1996-yil muqaddas haj ziyoratiga borishga ham muyassar boʻldilar, 83 yoshida 2003-yilda dunyodan oʻtdilar.
Farzandlari, nevara-chevaralariga mehrli, odamoxun va juda insof-diyonatli, ilmli boʻlgan bobomni bizgina emas, butun ovulimiz odamlari yaxshi koʻrishar edi. Hoji bobomiz, buvimizni doimo koʻnglimizda saqlab, haqlariga duolar qilib yashaymiz.
A.NASIRULLAYeV, tuman Maktabgacha taʼlim boʻlimi metodisti.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶