Xalqim bilan doimo birgaman
Biz bugungi kunda mamlakatimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarda mehnat kishilari qatori barcha pogʻonadagi deputatlarning ham munosib hissalari borligini chuqur his qilamiz. Bugungi deputatlar xalq vakillari sifatida hayotimizning barcha jarayonlarida faol ishtirok etmoqdalar, el-yurt farovonligi yoʻlida fidokorona mehnat qilmoqdalar.
Men xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatligiga saylanganimdan buyon doimo xalq bilan birgaman. Tumanimizdagi Qipchoq ovuli va Uyshin mahallasi hududini oʻz ichiga olgan 27-sonli Qipchoq saylov okrugi saylovchilari men bilan doimo uchrashib, muloqotda boʻlishadi, u yoki bu masalalar boʻyicha murojaat qilib turishadi.
Joriy yilning oʻtgan toʻrt oyida saylov okrugidagi Qayrovul, Koʻkchi aholi punktlari va Uyshin mahallasida saylovchilar bilan 3 marotaba uchrashuvlar oʻtkazib, ular bilan muloqotda boʻldim va ularning muammoli masalalarini yuqori tashkilotlar orqali hal etishga harakat qildim.
Saylovchilar bilan uchrashuvlarda ular koʻpincha ichki yoʻllarni taʼmirlashga, koʻchalarni obodonlashtirishga, uy-joy qurish uchun yer uchastkalari ajratishga yordam berish boʻyicha murojaat qilishadi.
Men shu paytgacha fuqarolar muammolari yuzasidan tegishli tashkilotlarga 2 ta soʻrovnoma kiritganman.
Men deputat sifatida xalq manfaati yoʻlida, el-yurt farovonligi uchun harakat qilayotganimdan nihoyatda faxrlanaman.
Satbay Nametov, Xalq deputatlari
tuman Kengashi deputati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶