17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 06:51
Jamiyat 👁 1,078

Sayyor qabulda 7 nafar mahkum muddatidan ilgari jazodan ozod qilindi

Sayyor qabulda 7 nafar mahkum muddatidan ilgari jazodan ozod qilindi

24-aprel kuni tuman hokimligida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi oʻrinbosari Baxtiyor Isakov boshchiligida sayyor qabul oʻtkazildi.

Sayyor qabulda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari Kamol Tarikov va Botirali Diyorovlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha sudi raisi Gulnora Bozorboyeva, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiy sudi raisi Bibisanam Temirxonova, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maʼmuriy sudi raisi Abilay Adilov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Fuqarolik sudi raisi oʻrinbosari vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi Saodat Qayipnazarova va Amudaryo tumani hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasi masʼul xodimlari, tumandagi sudlar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari raislari ishtirok etdilar.

Sayyor qabul boshlanishi oldidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi raisi oʻrinbosari B.Isakov yigʻilganlarga sud sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, sayyor qabullarni oʻtkazish tufayli Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar va amaliy yordamlar haqida toʻxtalib oʻtdi.

Shundan soʻng tuman hokimi S.Yoʻldoshev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri E.Rajabovlar soʻzga chiqishib, xalqimizning ogʻirini yengil qilish, ularga amaliy yordamlar koʻrsatish maqsadida joylarda sayyor qabullar oʻtkazayotgan Oʻzbekiston respublikasi Oliy Sudi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi sud-huquq tizimi rahbarlariga oʻz minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Sayyor qabul davomida tumanimizdan 44 nafar fuqaroning murojaati tinglanib, ular bilan uy-joy, mol-mulk, ommaviy-huquqiy munosabatlar, maʼmuriy huquqbuzarliklar bilan bogʻliq masalalar boʻyicha suhbatlashildi.

Sayyor qabulda murojaat qilgan fuqarolarning 11 nafaridan nazorat tartibidagi arizalar qabul qilindi, 33 nafar fuqaroga shikoyat qilish tartibi va muddatlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari sayyor qabul jarayonida ozodlikdan mahrum qilinib, jazo muddatini oʻtayotgan 7 nafar mahkumning jazodan muddatidan ilgari ozod qilish boʻyicha iltimosnomalari koʻrib chiqildi. Shu kunning oʻzida Jinoyat Kodeksining 73-moddasiga asosan ular shartli ravishda jazodan ozod qilindi. Shuningdek, yana 1 nafar shaxsning kasallik, mehnat qobiliyatini yoʻqotganligi sababli jazodan ozod qilish boʻyicha qilgan iltimosnomasi ham koʻrib chiqilib, Jinoyat Kodeksining 75-moddasiga asosan murojaatchining arizasi toʻliq qanoatlantirildi.

A.JUMANIYoZOV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019