Eng yaqin doʻst – kitob

Tumanimizda “Kitob sovgʻa qil!” aktsiyasi davom etmoqda. Uyshin ovulida tugʻilib-oʻsgan va ovuldagi 18-sonli umumtaʼlim maktabida tahsil olgan, ayni paytda Toʻrtkoʻl tuman hokimi oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Inobat Jumaboyeva ham oʻzi tahsil olgan ilm dargohida oʻquvchilar bilan uchrashib, dildan suhbatlashdi. Oʻquvchi-yoshlarga 60 dona turli nomdagi jahon va oʻzbek adabiyotining durdona asarlarini, shuningdek sport anjomlarini sovgʻa qildi.


Ilmga chanqoq va kitobsevar yoshlar bilan boʻlib oʻtgan davra suhbatida tuman hokimi oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Maryam Ahmedova oʻz shaxsiy kutubxonasi hisobidan 20 ta sara kitoblarni maktab oʻquvchilariga hadya etdi. Kitob mutolaasining ahamiyati, yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish bobomeros urf-odat va anʼanalarni asrab-avaylash, eng yaqin doʻst – kitob mavzusidagi dildan suhbat oʻquvchilarda katta taassurot qoldirdi.
Pobiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶