76-MAKTABDA BILIMLI, IQTIDORLI OʻQUVChILAR KOʻP
Bilimlar bellashuvi oʻquvchilarning kundalik dars mashgʻulotlarini qanday oʻzlashtirayotganini va intellektual salohiyati qay darajada ekanligini koʻrsatuvchi vositadir.
76-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari tumanimiz maktablari oʻquvchilari orasida oʻtkazilayotgan turli tanlovlar, fanlar olimpiadasi, bilimlar bellashuvida eng koʻp gʻoliblik oʻrinlarini egallab kelayotganlarning biri. Muassasada tajribali oʻqituvchilarning darsdan tashqari vaqtlarda ham oʻquvchilar bilimini oshirish uchun shugʻullanib, fidoyilik bilan mehnat qilayotgani, oʻquvchilarni fanlarga qiziqtira olgani natijasi ana shunday yutuqlarda namoyon boʻlmoqda.
Joriy yilda boʻlib oʻtgan bilimlar bellashuvining tuman bosqichida maktabning 9 nafar oʻquvchilari gʻoliblar safidan joy olishdi. Jumladan, Charos Erkinboyeva rus tili, Sarvarbek Yoʻldoshev ingliz tili, Azimjon Bekpoʻlatov matematika, Munira Baxtiyorova huquq, Ravshanbek Hayitboyev ingliz tili, Eltuzarbek Xudoyorov matematika, Faxriddin Shukurullayev ximiya, Usmonbek Xolmurodov ingliz tili, Nursuluv Jumaboyeva iqtisod fanidan qatnashib, faxrli oʻrinlarni egallashdi.
Oʻqituvchi mehnati oʻquvchilar salohiyatida aks etadi. Shuning uchun ham oʻquvchilarimiz erishgan yutuqlardan juda quvonamiz, - deydi maktab direktori oʻrinbosari F.Shukurullayev.
O.Rajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶