Xalq qabulxonasi mudiri oʻzi oʻqigan maktabga kitoblar va sport anjomlari sovgʻa qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri E.Rajabov tumanning Qilichboy ovuli, Toshqalʼa mahallasidagi 8-sonli maktabda boʻlib, taʼlim-tarbiya jarayoni bilan yaqindan tanishdi. E.Rajabov oʻquvchilar bilan muloqot qilib, ularga mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar haqida tushunchalar berdi.
Mehmon maktab kutubxonasida ham boʻlib, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari, badiiy adabiyotlarga boy boʻlgan mazkur kutubxonaga oʻz hisobidan badiiy kitoblar hadya qildi. Shuningdek, E.Rajabov maktab oʻquvchilari foydalanishi uchun sport anjomlari va buyumlarini ham sovgʻa qildi.

Uchrashuvda maktab oʻquvchilari va oʻqituvchilari soʻzga chiqib, maktabning sobiq oʻquvchisiga sovgʻalar uchun minnatdorchilik bildirdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶