17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 16:18
Jamiyat 👁 421

NIMA UChUN KITOB OʻQIShIMIZ KERAK?

NIMA UChUN KITOB OʻQIShIMIZ KERAK?

enamdan, momomdan koʻp ertak eshitganman. “Momom aytgan ertaklar”, “Enamning xotiralari” kabi oʻnlab daftarlarim bor ekan bisotimda. Bu ertaklar bir bor ekan, bir yoʻq ekan deb boshlanmas, ertaklarga ham oʻxshamas, oʻqigan kitoblarimda ham deyarli bunday voqea-hodisalarni uchratmaganman...

...Qaysidir zamonda, yerda yo osmonda, haqiqatmi, yolgʻonmi bilmadim-u polvonqomat koʻrinsa ham tayoqqa suyanib yuradigan “Hoʻhoʻ” laqabli duduqlanib gapiradigan odam boʻlgan ekan. Hoʻhoʻ bolalar bilan oʻynar, itlarni yaxshi koʻradigan, qishloqdan-qishloqqa koʻchib yuradigan Hoʻhoʻ ekan... Bir kuni qishloqlarga yomonlar kela boshlabdi. Yomonlar juda koʻp va yomon ekan. Odamlar qoʻrqib, yurtlaridan ketishga chogʻlanishibdi. Shunda Hoʻhoʻ, uzilib - uzilib, ushbu gaplarni, aytibdi:

– Sen Oqsoqol, sen Botirbola, sen Chopqirbolasan. Men Hoʻhoʻman. Sizlar aytgansizlar, Hoʻhoʻman. Hoʻhoʻning koʻzi qop-qora, Hoʻhoʻ qorongʻini koʻradi. Hoʻhoʻ yaxshi eshitadi, yaxshi hidlaydi. Nurbuva aytgan qishloq yolgʻon emas, qishloq haqiqat. Qishloqda yolgʻon yoʻq, qishloq yaxshi degan. Bu uy... Hoʻhoʻning uyi bor, Hoʻhoʻning uyi koʻp. Yomgʻir yogʻsa yaxshi, xushboʻy, xushboʻy boʻladi havo. Eshaklar hangrasa, itlar vovullasa, mollar maʼrasa yaxshi. Ketmanglar, bu uy, bu uy...

nega birlashgan? Odamlar nima uchun kurashgan? Hoʻhoʻ nima dedi?.. Endi-endi oʻylayapman bu savollarni. Hoʻhoʻ Vatan haqida gapirgan. Odamlarning koʻnglidagi Vatanini yuziga aytgan. Xalqni uygʻotgan. Balki bu gaplarni Nurbobo yoki Oqsoqol aytganida odamlar birlashmasdi. Hoʻhoʻ dushman nimaligini, urushning qanday boʻlishini bilmaydi, hatto, Vatan haqida gapirayotganini ham his qilmasa kerak. Ammo u rost gapirayapti, koʻnglidagini aytayapti...

nos yoki tamaki chekmayman, aroq ichmayman. Topgan pulimni ham koʻcha sangʻib oʻtkazishga isrof qilmayman. Oʻqiyapman, oʻrganayapman, tengdoshlarim ila gʻoyibona suhbatlashayapman. Oʻzbek va jahon adabiyotidan mutolaa davomida oldin tushunmagan maʼnolarni tushunayapman. Vatan farzandlarini kutayapti. Farzandlarini har qachongidan ham koʻp sogʻingan. Vatan dunyo hamjamiyatida oʻz munosib oʻrnini izlayapti. Xalqlarga oʻz soʻzini aytayapti. Bugun, “maʼnaviy xujum”, “gʻoyaviy kurash”, “mafkuraviy himoya” kabi iboralar tez-tez gapirilayapti. Xavfli guruhlar odamlarning ongini, koʻnglini zaharlashga harakat qilishayapti. Tahlikali zamon... Jangoh maydonida ilm, texnologiya, soʻz boʻy koʻrsatayapti.

Mana, nima uchun kitob oʻqishimiz kerak? Tomirimizda qon oʻrnida loqaydlik oqayotgandek, goʻyo. “Men qilmadim, men koʻrmadim? Bu mening ishim emas? “U birovning bolasi”... Qandaydir yangilik eshitsak, ogʻzimiz ochiladi –Oʻhhoooʻ, bu Xitoy bilan Koreys balo-da? Aqlning bor-yoʻgʻi shu Yevropa degan tomonlarda-da, bizda esa, hech vaqo yoʻq. Yangiliklarning tub zamiriga nazar solar ekanmiz, qadim charx ovozi yangraydi.

Nega kitob oʻqishimiz kerak? Javob izlaymiz: Dunyoning har yerida ishlab yurgan baʼzi yurtdoshlarimiz Vatanga qaytarish uchun! Kelgusi avlod qaramlikka, mutelikka mahkum boʻlmasligi uchun! Bobolar kun kelib men kabi dangasa avlod yaxshi yashashi uchun emas, aksincha, yurt oldidagi qarzini, tiriklik burchini, Vatan maʼnosini chuqur anglaganliklari sabab yomonlarga qarshi kurashganlar. Oʻylab qolaman, toʻqlikka shoʻxlik qilishimizga kim huquq bergan, uyquli ong birla yashashga haqqimiz bormi? Oʻzbekiston atalmish Vatan borligi sabab kitob oʻqishimiz kerak!

Shohzod Anvar.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026