ÖQUVÇI HAQMI YoKI ÖQITUVÇI?
Guljahon oltinçi sinfda öqiydi, u tezroq ulğayib, Zulfiyaxonimdek şoira bölişni niyat qilgan. 3-sinfga ötayotganda ilk şeʼri tuman gazetasida yoritilgan. Guljahon juda oqköngil, beozor, bilimga çanqoq.
Keça Guljahonning oyisi betob bölib qoldi va u maktabga bora olmadi. Mehnatsevar, mehribon bu qizaloq hamma işlarni öz zimmasiga oldi.
Ertasiga ertalab Guljahon qalbida junbuşga kelayotgan tuyğularni qoğozga tuşirib, yangi şeʼrini ustozi va sinfdoşlariga öqib beriş maqsadida maktab tomon oşiqdi. Şu payt onasiga dori oliş kerakligi esiga tuşib, dorixona tomonga qayrildi. Dorini olib, uni onasiga berib, maktabga kelganida esa dars boşlanib ketgan edi. Yölda birozgina çarçagan qizaloq sinfiga kirayotib salom berib, ustozidan uzr söradi. Matematika fani öqituvçisi Guljahonning salomini eşitmadimi yo xuşlamadimi: “Salom bermasdan sinfga kiriş doimiy odatingmi?”- dedi. Guljahon ustoziga qaytadan salom berib, uzr söradi.
Öqituvçi: “Menga öyin qilayapsanmi? Nega qayta-qayta uzr sörayapsan-u salomni unutasan?” - deb Guljahonga sinfning bir burçagida tik turişini taʼkidladi. Sinfdagi barça öquvçilar Guljahon haqligini aytib, uning joyida ötirişini xohladi. Asabiylaşgan öqituvçi bolalarning talabiga quloq solmadi.
Bu orada dars boşlanganiga 25 daqiqa bölgandi.
Darsga keçikib keliş öquvçining aybi lekin öz vaqtida tan olingan xatoni keçira biliş va töğri tarbiyalaş kattalarga xos töğri işdir.
Axir Guljahon öquvçilar qoidasini buzgani uçun ustozidan keçirim söradi, uzrini aytdi-ku! Ustoz esa… Öquvçini keçirib, darsni boşlayveriş örniga özi xatoga yöl qöydi: bir soatlik darsning 25 daqiqasini boy berdi. Sinf töla öquvçilarning “Guljahon haq!” degan talablariga teskari iş qildi. Şunday emasmi, azizlar? Siz qanday fikrdasiz?
Dildora PAJABOVA, “Döstlik” mahallasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶