Kitob sovgʻa qilish aktsiyasida imomlar ham faol ishtirok etmoqda

Joriy yilning 1-aprel kuni "Yusuf eshon bobo" jomʼe masjidi imom-xatibi Abdurahmon Matsapoyev Amudaryo tumani xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 6-sonli umumtaʼlim maktabiga tashrif buyurdi va oʻz shaxsiy kutubxonasidan mazkur maktab kutubxonasiga 15 dona kitoblar sovgʻa qildi.

1-aprel kuni Amudaryo tumani "Noʻgʻoy eshon" jomeʼ masjidi imom-xatibi Oʻ.Qurbaniyazov tuman xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 22-sonli maktabga tashrif buyurdi va maktab kutubxonasiga 10 dona xar xil nomdagi kitoblar taqdim etdi.

Amudaryo tumanidagi "Bobo Pustam" jomeʼ masjidi imom-xatibi Haytboy Aytekov ham kitob ulashish aktsiyasida ishtirok etdi. Imom oʻzi taxsil olgan 47-sonli maktabga 8 ta turli adabiy, ilmiy kitoblar hamda "Hidoyat" jurnalining 22 ta sonini topshirdi.

Amudaryo tumani "Yoqub Eshon bobo" jomeʼ masjidi imom-xatibi D.Bobojonov tuman xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 20-sonli maktabga tashrif buyurdi va oʻz shaxsiy kutubxonasidan maktab kutubxonasiga turli nomdagi kitoblar va jurnallar taqdim etdi.

"Hoji eshon" jomeʼ masjidi imom-xatibi Pajabboy Habibullayev ham Kipchok shaharchasidagi 11-sonli umumtaʼlim maktabiga 30 dan ortiq nomdagi kitoblar va jurnallar sovgʻa qildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶