Deputatdan maktabga tuhfa
Hozirda prezidentimiz tomonidan tashkil qilingan va butun respublikada keng miqyosda oʻtkazilayotgan rahbar xodimlarning oʻzlari oʻqib ketgan maktablarga kitob sovgʻa qilish aksiyasi eng ommalashayotgan tadbir boʻlayapti. #kitobchellenge yoki #kitobtuhfa kabi aksiyalar yoshlarga bilim ulashish yoʻlida kutubxonalarni turfa kitoblar bilan toʻlishiga hissa qoʻshmoqda. Amudaryo tumanida ham bunday aksiyalar juda koʻp oʻtkazilib, shulardan biri 40-sonli maktab direktori, xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati Sanobar Xoʻjamurodova mamlakatimiz boʻylab davom etayotgan maktablarga kitob ulashish aksiyasi doirsida oʻzi taʼlim olgan 26-sonli maktab kutubxonasiga badiiy va ilmiy asarlarni oʻz ichiga olgan kitoblar jamlanmasini sovgʻa qildi. Qolaversa, oʻquvchilarga bilimlarni chuqur egallab vatanga fidoyi, kelajakda yaxshi kasbni egallab, yurt ravnaqiga hissa qoʻshadigan inson boʻlib yetishishlari haqida oʻz maslahatlarini berib oʻtdilar. Maktabga berilgan eʼtibor hamda bir-biridan qiziqarli va foydali boʻlgan kitob tuhfasi uchun maktab maʼmuriyati va oʻquvchilar Sanobar Xoʻjamurodovaga tashakkur bildirdilar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶