17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 18:59
Jamiyat 👁 766

NAVROʻZ KEZAYoTIR VATANDA!

NAVROʻZ KEZAYoTIR VATANDA!

Bahor! Uning bagʻrida qanday moʻʼjiza borki, yer yuzida inson zoti paydo boʻlganidan beri bu goʻzal va fusunkor faslga intiladi. Eng mitti jonzotdan tortib, to zakiy Odamgacha bu fasl ogʻushida halovat, roʻshnolik topadi. Odam quvonadi, yaratish, yasharish ishqi bilan yonadi. Bu ishq alangalangani sari tabiat – zamin-u osmon yashnaydi, har qarich yerda hayotbaxsh harorat uygʻonadi. Ana shu harorat jumlai olamga tarovat bagʻishlaydi. Bu – Bahor tarovati – Navroʻz nafasi!

Har gal Vatanga Navroʻz nafaslari bilan goʻzallik, ajib oʻzgarishlar, yangilanishlar, biri-biridan ezgu orzular kirib keladi. Shunday damlarda samo sayrini boshlab yuborgan turfa qushlarning parvozlarini kuzatganmisiz? Kuzating!

Tumshugʻida choʻp tutgan, bir chimdim loy tishlab olgan qushlar. Biri-biridan oʻzib, uchib-qoʻnayotgan qaldirgʻochlar. Ular in qurish taraddudida! Oʻz oilalari taʼminoti uchun jonhalak ular! Xuddi insonlar kabi juftlashib-juftlashib hayotga, yashashga, yaratishga mushtoq qushlar.

Men ularning bu harakatlarini kuzatarkanman, koʻz oʻngimda jadal oʻzgarayotgan, yangilanayotgan, shahar-u qishloqlar, taraqqiyot sari dadil odimlayotgan mehnatkash, fidoyi xalqim jonlanadi. Naqadar oʻxshashlik, naqadar teran mazmun va mohiyat mujassam ona tabiat bilan inson hayotida!

Uzun qish tunlarini barmoq bukib sanayotgan rahmatlik onajonim “Hut”ning oʻn beshi oʻtib-oʻtmay:

– Endi sumalak solsa boʻlaveradi! – derdilar yuzi nurlanib.

– Axir, hali bahor kelmadi-ku?

– Koʻrmadinglarmi, qushlar juftlashib uchayotir, yerning bagʻri isiyotir, koʻk chiqayotir, bolam, – derdilar quvonib. – Qaranglar-chi, yalpiz koʻklanibdimi?

Hovlimiz adogʻidagi ariq labida qish qahratonida qovjirab qurib qolgan yalpizlarning ustidagi xas-choʻplarni qoʻllarim bilan asta olib tashlayman. Vo ajab! Qurigan yalpiz poyachalari tuplari yam-yashil!

–Yalpiz chiqibdi! Bahor kelibdi, ona!

Xuddi biri-biri bilan kelishib olganday, qoʻni-qoʻshnilar mehr bilan koʻk goʻmmalar pishiradilar, bir-birlarini koʻkka – koʻklamga yetganlari bilan muborakbod etadilar. Hali qish izgʻirini ketmay turib, ahli ovul jam boʻlishib, sumalak sayliga taraddudlanadilar. Doshqozonlar quriladigan hovli-joylar orastalanadi, ariq boʻylarida yangi-yangi daraxt koʻchatlari tuproqqa ildiz qoʻyadi. Mahalla guzarlari, koʻchalari, bogʻ-rogʻlari – ona tabiat inson mehri, bahor tafti bilan yashnab ketadi. Bu – inson bilan tabiat oʻrtasidagi azaliy uygʻunlik tantanasi – Navroʻzning haroratli nafasi!

Navroʻz haqida oʻylaganimda hazrat Alisher Navoiyning goʻzal bir satri, jumlai insoniyatga ohorli bir tilagi yodimga tushaveradi:

Har tunung qadr oʻlibon, har kunung oʻlsin Navroʻz!

Ulugʻ bobokalonimiz har bir kechang Laylatul qadr kechasidek xayrli, muborak tun, har bir kuning yangi boʻlsin, deya inson zotiga doim nasib etavermaydigan oliy saodatni tilayotir. Demak, Navroʻz – nainki bahoriy ayyom, balki inson uchun eng saodatbaxsh Yangi kun ham!

Shu kundan inson bilan tabiat birlashadi goʻyo: qadamlarida yer taftini his etib turgan Dehqon bobo yerga urugʻ sochadi. Bogʻbonning nafaslariga bogʻlarning xush atri singadi, el-yurtda bunyodkorlik ishlari ham ana shu saodatbaxsh damlardan boshlanadi.

Azizlar, Amu sohillari boʻylab Nazarxon-u Qangli, Qipchoq va Oq oltin, Toʻlqin ovullari tomon yayov bir bora sayr qilganmisiz? Yoki qadim “Chilpiq” qalʼa-qoʻrgʻoni etaklarini oʻpib, mahzungina oqib borayotgan daryo bilan sirlashganmisiz? Ayniqsa, Bahorda! Qirgʻoqlarini tashlab, tobora kichrayib borayotgan qadim Jayxunni birrov ziyorat qiling, shunda ajib bir moʻʼjizani kuzatasiz. Daryo chopaverib harsillab, charchab qolgan, onasi bagʻriga oshiqib borayotgan boladay begʻubor, boladay talpinchoq koʻrinadi koʻzingizga. Keksa daryo, boladay chopagʻon daryo har gal bahorda oʻzgaradi, toshqinlaydi, onasiga – Orolga yetmoq uchun talpinaveradi u. Oʻz sohillari boʻylab bahor tarovatiga tarovat baxsh etib, obihayot ulashib oqaveradi Daryo. Bagʻridan hovuchlab suv ichgan xalqni siylashda davom etaveradi, mehnatkash, fidoyi Daryo!

Shuning uchun ham Amu sohillari aro qad rostlagan, tobora yangilanayotgan ovullarda, mahallalarda taraqqiyot bor, oʻzgarishlar bisyor! Azim Qilichboy, Xitoy-u, Jumurtov zaminidan to Nazarxon eli kengliklarigacha boʻlgan poyonsiz hududda qad rostlagan shinam uy-joylar, serhosil bogʻ-rogʻlar, obod qishloqlar, oʻtayotgan har bir kuni umr manzillariga nurafshonlik baxsh etgan mehnatkash xalq fidoyiligiga guvoh boʻlasiz, Amu sohillari boʻylab yayov kezsangiz! Nazarimda Bahor goʻyo shu sohillardan, aziz Amu elimdan boshlanadi. Qilichboy tomonlardan taralgan sumalakning xushboʻyidan qalblar quvvatlanadi:

– Qadim momolarimiz pishirgani kabi sumalak qildik!

Hali sovib ulgurmagan sopol kosa toʻla sumalakni ilinadi “Toshqaʼla” mahallalik Fotimaxon aya Davlatova.

– Sumalak bahona, rosayam yayradik. Kelin-u qizjonlarimiz, bolajonlarimiz momolaridan ertaklar, hikmatlar, oʻgit-u nasihatlar tinglab, kitobxonlik qildilar. Endi esa Navroʻz sayli boshlanayotir.

– Hali erta-ku, endi 1-mart! Havas va hayratim oshdi.

– Bizning Qilichboy yurtimizda har kuni Navroʻz!

Shuning uchun ham amudaryoliklarning dasturxonida eng avval Qilichboy zaminida yetilgan neʼmatlar bisyor boʻladi-da! Shuning uchun ham nainki Amu elda, balki Qoraqalpogʻistonning koʻpchilik tumanlarida qilichboylik dehqonlarni juda yaxshi bilishadi. Shular haqida oʻylarkanman, dilimda ajib nazmiy eʼtirof uygʻonadi.

Amu eldan boshlanar bahor,

Nafaslari kezar Navroʻzning.

Zaminida ajib hikmat bor –

Xazinasi balki rizq-roʻzning.

Bugun Amu elimda hayot qaynaydi, mehnat qizgʻin pallaga kirgan. Navroʻz kunlarida yerga urugʻ qadab, yangi mehnat faslini boshlayotgan xalq dilida bir ezgu tilak:

– Ona Yurt tinch, el-u xalq xotirjam boʻlsin!

Ana shu toʻkislikka intilish koʻngillarni oʻstirayotir bugun! Koʻngillar joʻshqinligi – Bahorga, bahor tarovati – Vatanga koʻrk bagʻishlab, Navroʻz kezayotir Vatanda!

Barcha yoʻllar bugun

Amuga tutash,

Orzular, tilaklar

naqadar uyqash.

Millatlar birlashib,

oʻchoq boshida

Sumalak pishirar,

qalblarda otash.

Oʻshal otash tafti

Vatanga tatir,

Yashnab boraverar

bogʻ-u dala, qir.

Har kuni Navroʻzday

farahli elning

Tunlari qadr oʻlib,

topgaydir qadr!

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026