Diqqat, tanlov!
Yoshlarning maʼnaviy dunyosini boyitish, kitobxonlikka jalb etish, yosh avlod ongida badiiy asarlar mazmun-mohiyatini chuqur tahlil qilishga moyillik uygʻotish, asarda bayon qilingan voqea-hodisalarni talqin etish, asar voqealarini taʼsirchan uslublarda yetkaza olish mahoratini shakllantirish maqsadida “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati hamkorligida “Men oʻqigan asar” mavzusida insholar tanlovini eʼlon qiladi.
Tanlov 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkaziladi. Tanlovda ishtirok etishni xohlovchilar tahririyatga taqdim etadigan insholarni savodli tayyorlagan holda, ism-sharifi va yashash manzili haqidagi maʼlumotlarni toʻliq yozib topshirishlari shart. Insholar 2019-yilning 31-may sanasigacha qabul qilinadi. Tanlov gʻoliblari tashkilotchilar tomonidan ragʻbatlantiradilar.
“Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi va
“Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶