Qilichboyda Navroʻz bayramiga bagʻishlangan katta tadbir oʻtkazildi

Fusunkor bahor yurtimizga quvonch va shodiyonalar bilan kirib keladi. Koʻklam tashrifi bayramlarga ulanib, katta tantanaga aylanadi. Yashil libos kiyib, gullab yashnayotgan tabiatning goʻzal qiyofasi navroʻzni sogʻingan el shodliklarga uygʻunlashib ketadi.

16-mart kuni Qilichboy ovulida ham Navroʻz bayrami munosabati bilan katta bayram tadbiri oʻtkazildi. Bayram tadbiri “Qilichboy” madaniyat markazi, ovul fuqarolar yigʻini va Amudaryo maishiy xizmat koʻrsatish kolleji va 15-sonli maktab tomonidan tashkillashtirildi. Tadbirda madaniyat markazi sanʼatkorlari, toʻgarak tarbiyalanuvchilari, oʻquvchi yoshlar tomonidan tayyorlangan dilrabo kuy va qoʻshiqlar, milliy raqslar, askiya va sahna koʻrinishlari namoyish etildi. Shuningdek, ovul ahli hamjihatligida tayyorlangan qadimiy taom – sumalak ham tortildi.
Bayram tomoshalari ovul ahliga koʻtarinki kayfiyat bagʻishlab, dillarni xushnud etdi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶